Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Arizada quyidagilar ko ‘rsatilgan bo ‘lishi kerak


Download 464.55 Kb.
bet283/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Arizada quyidagilar ko ‘rsatilgan bo ‘lishi kerak:

  1. ariza berilayotgan sudning nomi;

  2. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;

  3. arizachi yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, nizo predmeti;

  4. arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri bo'yicha sud hujjatini qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan yangi ochilgan holat;

  5. ariza berayotgan shaxsning talabi;

  6. ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.

Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo ‘lishi kerak:

  1. yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari;

  2. arizachi qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatining ko'chirma nusxasi;

  3. ariza va hujjatlarning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;

  4. sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Da’vo arizasida da'vogarning yoki uning vakilining telefOnlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
Da’vo arizasida, agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo'lsa, boshqa ma'lumotlar ham, shuningdek da'vogarda mavjud iltimosnomalar ko'rsatiladi.
Arizada arizachi yangi ochilgan holatlar deb hisoblangan holatlarning mavjudligi to‘g‘risida unga ma’lum bo'lgan sana, albatta, ko'rsatilishi kerak.
Iqtisodiy sudga yangi ochilgan bo'yicha ariza berilganda arizada ochilgan faktlar unga qaysi sanada ma’lum bo'lganligi ko'rsatilishi lozim. Bu, birinchidan, ariza berish uchun belgilangan bir oylik muddatga arizachining rioya qilganligini tekshirish uchun, ikkinchidan, ishning mohiyati jihatidan yangi ochilgan holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun zarur. Agar holatlar sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachiga ma’lum bo'lganligi aniqlansa, sud tomonidan yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish uchun asos bo'lmaydi.
Bir oylik muddat IPKning 328-moddasi 1-bandiga nisbatan tatbiq etilishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yangi ochilgan holatlar to‘g‘risida ma’lum bo'lgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar sudning hukmi, qarori, boshqa organlarning qarori bilan bog'liq bo'lsa, bir oylik muddatning hisoblanishi tegishli tarzda hukm, sudning qarori, davlat yoki boshqa organning qayta ko'rishga asos bo'lgan hujjatining qonuniy kuchga kirgan kunidan boshlanadi.
Shuningdek arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi. Ariza berishning o'tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha, agar iltimosnoma qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan holatlar ochilgan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o'tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil o'tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling