Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XXII BOB. IQTISODIY SUDNING QONUNIY KUCHGA KIRGAN HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA


Download 464.55 Kb.
bet279/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XXII BOB. IQTISODIY SUDNING QONUNIY KUCHGA KIRGAN
HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA

QAYTA KO‘RISH

  1. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish tushunchasi va
    mohiyati


Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish bosqichi apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ish yuritish bosqichlaridek sud hujjatlarining qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishiga, odil sudlovni amalga oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish bosqichi maxsus subyektlar tarkibi, obyekti, mazmuni, qayta ko‘rish asoslari bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, iqtisodiy protsessning mustaqil bosqichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu bosqichning o‘ziga xos xususiyati, avvalo, sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslarida ko‘rinadi.
Yangi ochilgan holatlar - bu ishni ko'rish vaqtida mavjud bo'lgan va uni hal etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik faktlarga aytiladi. Biroq ushbu faktlar arizachiga va sudga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv sabablarga ko‘ra ishni ko‘rayotgan sudga ham arizachiga ham ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmaydi.
Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud bo‘lib, biroq sudning ishni ko‘rish vaqtida hisobga olishi mumkin bo‘lmagan, arizachiga va sudga noma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina ma’lum bo‘lgan holatlarni tushunish lozim.
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilinganidan so‘ng vujudga kelgan bo‘lsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki bu IPKning 327-moddasi birinchi qismi 1- bandi mazmuniga zid bo‘ladi.
Yangi ochilgan holatlar mavjud bo‘lmasdan, ishni kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib chiqish asoslari mavjud bo‘lgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish mumkin emas. Bunday hollarda iqtisodiy sud ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni rad etishi lozim.
Sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun emas, balki yangi da’vo bilan murojaat etish uchun asos bo‘lishi mumkin7.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yangi ochilgan holatlar deganda, sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachi va sudga ma’lum bo‘lmagan, ish bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlarini bekor qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ish bo‘yicha dalil sifatida foydalaniladigan faktik ma’lumotlar yig‘indisi tushunilishini qayd etish mumkin.
Qayta ish ko‘rishning ushbu turini qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni ko‘rishdan ajrata bilish va ularning farqlariga ahamiyat berish lozim. Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishning kassatsiya va nazorat tartibida ish yuritishdan o‘zaro farqli jihatlari quyidagilar:





Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling