Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet287/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2-kazus
Qarshi shahar DSI iqtisodiy sudga murojaat qilib, Yakka tartibdagi tadbirkor Buxorov Bekzodga nisbatan 4 481 000 so‘m moliyaviy sanksiya qo‘llashni so‘ragan. Birinchi instansiya sudining 2012-yil 19-martdagi hal qiluv qarori bilan ariza qisman qanoatlantirilgan.
Yakka tartibdagi tadbirkor Buxorov Bekzod 2012-yil 17-mayda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan. Ariza sudga 2012-yil 17-mayda topshirilgan va shu kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Sudning ajrimi bilan ishni ko‘rish 2012-yil 19-iyulga tayinlangan. 2012- yil 19-iyuldagi ajrim bilan ishni ko‘rish 26-iyulga qoldirilgan. 2012-yil
26-iyulda arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan.
> Vaziyatga huquqiy baho bering!
> Sudya tomonidan qandayprotsessual xatolikka yo l qo ‘yilgan?
XXIII BOB. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH

  1. Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro qilishning huquqiy asoslari va tartibi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114 -moddasi, IPKning 15-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari O'zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir va qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Sud hujjatining boshqa davlat hududida tan olinishi va ijro etilishi xalqaro bitimlarga muvofiq o'zaro tenglik asosida amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston qator bitim va konvensiyalar qatnashchisidir.
Xususan, MDH mamlakatlarining “Iqtisodiy faoliyatini yuritishni amalga oshirish bilan bog'liq nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Bitimi 1992-yil 20-martda imzolangan bo'lib, xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan va ular bo'yicha chiqarilgan qarorlarning bajarilishidan kelib chiqadigan nizolarni hal etilishini tartibga soladi. Bitim O'zbekistondan tashqari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va Ukrainada ratifikatsiya qilingan va kuchga kirgan.
Ushbu Bitimning 7-moddasiga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a’zo davlatlar vakolatli sudlarining qonuniy kuchga kirgan qarorlarini o'zaro tan oladilar va ijro etadilar. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a’zo davlatlarning biridagi vakolatli sud tomonidan qabul qilingan qaror boshqa MDH davlatlari uchun ijro etilishga majburiydir.
MDH mamlakatlari arbitraj (iqtisodiy) sudlarining qarorlari ijro etilishi Kiyev bitimining qatnashchilari bo'lgan manfaatdor tomonning iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) iltimosnomaga sabab bo'lgan va majburiy bajarilishi kerak bo'lgan qarorning tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi; 2) agar qarorning matnidan ko'ringan bo'lmasa, qaror qonuniy kuchga kirganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; 3) ikkinchi tarafning sud jarayoni haqida xabardor bo'lgani to'g'risida daliliy hujjat; 4) ijro hujjati.
Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar so'rayotgan davlatning tilida yoki rus tilida bayon qilinadi. Ijro etish to'g'risidagi iltimosnoma qatnashuvchi mamlakatning vakolatli sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Agar iltimosnoma u qarshi qaratilgan taraf vakolatli sudiga quyidagi dalillarni keltirsa:

  1. so'ralayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida qatnashuvchi davlatning vakolatli sudi tomonidan aynan shu taraflar o'rtasida, aynan shu predmetga va shu asoslarga ko'ra qonuniy kuchga kirgan boshqa qaror mavjud bo'lsa;

  2. agar Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida qatnashuvchi uchinchi mamlakatning vakolatli sudi tomonidan yoki Hamdo'stlik a'zosi bo'lmagan davlat vakolatli sudining aynan shu taraflar o'rtasida aynan shu predmetga va shu asoslarga ko'ra chiqargan, tan olingan qarori mavjud bo'lsa;

  1. agar Bitimga muvofiq nizo vakolatga ega bo'lmagan sud tomonidan hal etilgan bo'lsa;

  2. boshqa taraf sud jarayoni haqida xabardor qilingan bo'lmasa;

  3. majburiy ijro etilish uchun qaror taqdim etiladigan uch yillik muddat o'tib ketgan bo'lsa, qarorni ijro etish rad qilinishi mumkin (Bitimning 9-moddasi).

Shuningdek O'zbekiston huquqiy yordam to'g'risida, sud qarorlarini o'zaro tan olish va ijro etish haqida yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan bir qator ikki tomonlama shartnomalarni imzolagan (Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Turkmaniston, Ukraina, Xitoy, Turkiya).
Ayrim toifadagi fuqarolik ishlari bo'yicha sud qarorlarini ijro etish imkoniyati O'zbekiston qo'shilgan ko'ptomonlama konvensiyalarga asoslanadi. Masalan, 1993-yil 22-yanvardagi fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to'g'risidagi Kiyev konvensiyasi (MDH davlatlari).
Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida bo'lgani kabi ijro ishi yuritishni isloh etish borasida ham bosqichma bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2001-yil 29-avgustda ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani bu islohotlar jarayonida muhim qadam bo'ldi.
Mazkur Qonunda belgilangan qoidalarga binoan iqtisodiy sudlarning quyidagi sud hujjatlari ijro etilishi lozim: 1) iqtisodiy nizolar bo'yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, sud buyruqlari, ajrimlari va qarorlari; 2) ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha qabul qilingan qarorlar.
Yuqorida sanab o'tilgan sud hujjatlari qoida tariqasida iqtisodiy su d tomonidan ijro varaqasi berilganidan so'ng ijro qilish uchun taqdim etilishi mumkin.
Amaldagi qonunga muvofiq quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:

  1. iqtisodiy sudlar o'zlari qabul qiladigan sud hujjatlari (hal qiluv qarorlari va ajrimlari) asosida beradigan ijro varaqalari;

  2. iqtisodiy sud tomonidan hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan berilgan ijro varaqalari;

  3. iqtisodiy sud tomonidan chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida berilgan ijro varaqalari;

  4. sud buyruqlari;

  5. iqtisodiy sud tomonidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan qarorlar.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish mexanizmi takomillashtirildi. Xususan, “qarzdor” tushunchasiga yangidan ta'rif berilib, ijro ishini yuritishda undiruvchining shaxsan ishtirok etish tartibi aniqlashtirildi, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish va chaqirish tartibiga aniqlik kiritildi. Sud ijrochilarining nafaqat ichki ishlar organlari bilan, balki O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri davlat qo'mitasi, Markaziy banki, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, davlat soliq xizmati, g'aznachilik organlari, Davlat chegarasini qo'riqlash organlari bilan ham o'zaro hamkorlik tartibi belgilandi. Shuningdek ijro harakatlarini keyinga qoldirish tartibini takomillashtirishga, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish tartibi, asoslari va muddatlari, ijro ishi yuritishni tugatish asoslari, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish to'g'risidagi masalalarning sud tomonidan ko'rib chiqilishiga, ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlariga ham qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Qolaversa, qarzdor chet elga chiqib ketish yo'li bilan ijro hujjatlarini ijro etishdan bo'yin tovlashining oldini olish maqsadida qarzdorning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklaydigan yangi huquqiy norma kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari sifatida jumladan: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag'larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste'molchilik holatlarining oldini olish; kompleks tahlil o'tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta'minlash va majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor- qidiruv faoliyatini amalga oshirish belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ- 3016-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi; Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo'limlarining namunaviy tuzilmalari; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risidagi nizom; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o'tash to'g'risidagi nizom; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar bo'limlari, majburiy ijro byurosi tuman bo'limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lash razryadlari tasdiqlandi.
Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda sud hujjatlarini ijro etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, uni amaliyotga tadbiq qilishning samarali mexanizmi joriy qilindi. Bu esa sud hujjatlari ijro etilishini ta'minlash orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling