Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro varaqasi, uni berish va ijroga taqdim qilish tartibi


Download 464.55 Kb.
bet288/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2. Ijro varaqasi, uni berish va ijroga taqdim qilish tartibi
Sud hujjatini ijro etish uni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Ijro varaqasi deb iqtisodiy sud tomonidan berilgan iqtisodiy sud sud hujjatida bayon qilingan undiruvchining majburiy ijro etilish huquqini tasdiqlovchi hujjatga aytiladi.
IPKda belgilangan tartibga ko‘ra ijro varaqasi birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori yoki ajrim asosida beriladi. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlari tomonidan, agar ular qarorni o‘zgartirgan yoki yangi qaror qabul qilgan bo‘lsalar, ular qabul qilgan qaror asosida beriladi.
Amaliyotda shunday masala yuzaga keldiki, agar ijro varaqasi birinchi instansiya sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra berilgan bo‘lsa, keyin ushbu hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror chiqarilgan bo‘lsa, biroq unda nizo bekor qilingan hujjatdagiga o‘xshash hal qilingan bo‘lsa, yangi ijro varaqasi berish kerakmi yoki yo‘qmi? Bunday holat hal qiluv qarorini kassatsiya tartibida protsessual qonunbuzarliklar tufayli bekor qilinganida, ya’ni ishda sud majlisining bayonnomasi mavjud bo‘lmaganda yuzaga keladi. Kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini protsessual qonunbuzarlik tufayli bekor qiladi, ammo mohiyatiga ko‘ra nizoni birinchi instansiya qanday hal qilgan bo‘lsa, xuddi shunday hal qiladi. Bunday holat apellatsiya instansiyasida ham bo‘lishi mumkin, agar apellatsiya shikoyati kechikib tushsa va ijro varaqasi birinchi instansiya sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra berilgan bo‘lsa.
Yangidan qabul qilingan qaror bekor qilingan qaror bilan bir xil bo‘lishiga qaramay, yangi ijro varaqasi berilishi shart. Birinchi qaror bekor bo‘lishi bilan oldingi ijro varaqasi ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Qonun bo‘yicha sud qarori ijro asosi hisoblanadi, ijro varaqasi esa o‘z tabiatiga ko‘ra sud qarorini ijrosini ta’minlash vositasi sifatida xizmat qiluvchi hujjatdir xolos. Shuning uchun ham qarorning bekor qilinishi ijro varaqasi yuridik kuchini yo‘qotadi.
Yangi ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun muddat butunlay boshqa bo‘lishini ham hisobga olish kerak. Bu muddat yangi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlanadi, birinchi ijro varaqasi bo‘yicha esa ijro muddati ancha ilgari, birinchi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan o‘ta boshlaydi.
Ijro varaqasining berilishiga majburan ijro etilishi kerak bo‘lgan ajrimlar asos bo‘ladi. Ular quyidagi ajrimlardir: da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim (IPKning 98-moddasi); da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish bilan bog‘liq hollarda iqtisodiy sud sud xarajatlarini taqsimlash yoki davlat bojini budjetdan qaytarish to‘g‘risida chiqargan ajrimlar (IPKning 108-moddasi 2-qismi, 111- moddasining 2-qismi); jarima solish to‘g‘risidagi ajrim (IPKning 126- moddasi); taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim (IPKning 133-moddasi); hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim (IPKning 193-moddasi); sud hujjatining qaytarma ijrosi haqidagi ajrim (IPKning 344-moddasi).
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng beriladi. IPKning 192-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddat o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining qarorlari qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar sudning hal qiluv qarori uchun ko‘zda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi: ajrim qabul qilingandan keyin, agar shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, bir oylik muddat ichida kuchga kiradi, agar shikoyat qilinsa (protest keltirilsa) - apellatsiya instansiyasining ajrimni o‘zgartirishsiz qoldirish haqidagi qarori chiqqan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Ijro varaqasi ajrim asosida faqatgina u qonuniy kuchga kirganidan so‘ng beriladi. IPK ayrim sud hujjatlari uchun istisnoga yo‘l qo‘yadi, ya’ni ular uchun darhol ijro etish tartibini o‘rnatadi.
Masalan, da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro etilishi lozim.
Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy sudning yuqorida qayd qilingan masalalar bo‘yicha ajrimlarini ijro etish uchun iqtisodiy sud ijro varaqasini darhol beradi, ularning qonuniy kuchga kirishini kutib o‘tirmaydi.
Davlat organlarining, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari ham darhol ijro etiladi, biroq ular odatda ijro varaqasini berilmasdan, sud qarorining nusxasi asosida ijro etiladi. Qaror nusxasi iqtisodiy sudning gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling