Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet284/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, arizachi - Nukus shahar hokimligi “Bestobe Keramikasi” MChJni tugatishni so'rab iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza iqtisodiy sudning 2012-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilib, jamiyat tugatilgan.
Javobgar - “Bestobe Keramikasi” MChJ ariza bilan sudga murojaat qilib, ishni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqishni so'ragan. Ammo arizaga uning nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmaganligi aniqlangan va ariza iqtisodiy sudning 2013-yil 30-apreldagi ajrimi bilan arizachiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, arizachi tomonidan keltirilgan faktik holatlar birinchi instansiya sudi hujjati qabul qilingandan so‘ng vujudga kelgan bo‘lsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki bu IPKning 327-moddasi birinchi qismi1-bandi mazmuniga zid bo‘ladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g'risidagi ariza, agar u o‘zining shakli va mazmuniga nisbatan IPKda qo‘yilgan talablarga rioya etilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish to‘g'risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi:

  1. ariza IPKning 328 va 329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;

  2. ariza belgilangan muddat tugaganidan so‘ng berilgan bo‘lsa va uni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;

  3. ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga ko‘ra ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga asos mavjud bo‘lmasa.

Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. IPKning 331-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling