Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet281/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Uchinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog ‘ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari.
To‘rtinchidan, iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 327-moddasi 1-bandida ko'zda tutilgan asos bo'yicha sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish uchun quyidagi shartlar mujassamlikda mavjud bo'lishi lozim:

  • faktik holat sud hujjati chiqarilishi vaqtida mavjud bo‘lishi;

  • mazkur faktni isbotlashi lozim bo'lgan arizachiga bu holat ma'lum bo'lmagan va ma'lum bo'lishi mumkin bo'lmagan (sud hujjati chiqarilish vaqtida bu holat unga noma'lum bo'lgan) bo'lishi lozim;

  • faktik holat ishni ko'rish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi, ya'ni uning mavjudligi dalillarni boshqacha baholashni, shuningdek boshqa sud hujjati qabul qilinishini inkor etmaydi.

“Agar faktik holatlar sud hujjjati qabul qilingandan so'ng vujudga kelgan bo'lsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish uchun asos bo'la olmaydi, chunki bu Iqtisodiy protsessual kodeksning 327-
moddasi birinchi qismining 1-bandi mazmuniga zid bo'ladi.
Yangi ochilgan holatlar mavjud bo'lmasdan, ishni kassatsiya yoki nazorat tartibida ko'rib chiqish asoslari mavjud bo'lgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish mumkin emas. Bunday hollarda iqtisodiy sud ko'rsatib o'tilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni rad etishi lozim”8.
Arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ish uchun muhim holatlar iqtisodiy sud o‘zi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi.
Fikrimizni iqtisodiy sud amaliyotidan misollar bilan yanada aniqlashtirishsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan, “Da’vogar TIF “Milliy bank” Marg‘ilon filialining javobgar “Marton” xususiy firmasi va qo‘shimcha javobgar kafil “Murodjon” fermer xo‘jaligidan 53.810694 so‘m kredit mablag‘larini solidar tartibda undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi sudning 2006-yil 10-fevraldagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilib, javobgar “Marton” xususiy firmasi va qo‘shimcha javobgar “Murodjon” fermer xo‘jaligidan (sud majlisida vakili ishtirok etmagan) jami 53.810694 so‘m kredit mablag‘lari solidar tartibda undirilgan.
TIF “Milliy bank” Marg‘ilon filiali sudga qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib, arizada ish bo‘yicha qo‘shimcha javobgar kafil “Murodjon” fermer xo‘jaligining nomi Yozyovon tuman hokimining 2005-yil 7-
sentabrdagi 394-son qaroriga asosan “YOZT-Dorum” fermer xo‘jaligiga o‘zgarganligi, bu holatlar da’vogarga ijro jarayonida ma’lum bo‘lganligini bayon qilib, qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni va yangi hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan.
Ishdagi hujjatlardan ko‘rinishicha, Yozyovon tuman hokimining 2005-yil 7-sentabrdagi 394-son qaroriga asosan “Murodjon” fermer xo‘jaligining nomi “YOZT-Dorum” fermer xo‘jaligi nomiga o‘zgartirilgan. Bu holatlar da’vogarga xo‘jalik ishini ko‘rib chiqish jarayonida ma’lum bo‘lmagan. Natijada sud tomonidan berilgan ijro varaqaning majburiy ijroga qaratilganidan keyin sud ijrochilari bo‘limi tomonidan ushbu holat aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan qarzdorning manzili yoki uning mol-mulki joylashgan manzil to‘g‘risida ma'lumot olishning imkoniyati bo'lmaganligi uchun ijro varaqa undiruvchiga qaytarilgan”9.
Qayd etib o'tilgan asoslardan kelib chiqib, sudning 2006-yil 12-sentabrdagi ajrimiga asosan da'vogarning ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, kredit mablag'larini bank foydasiga javobgar “Marton” xususiy firmasi va qo'shimcha javobgar “YOZT-Dorum” fermer xo'jaligidan solidar tartibda undirish to'g'risida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Mazkur vaziyatda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizada keltirilgan vajlar yangi ochilgan holatlar emas, balki oldindan sudga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ma'lum bo'lgan ish uchun ahamiyatli holatlar bo'lgan. Sud esa ularni asossiz ravishda yangi ochilgan holatlar deb baholab, hal qiluv qarorlarini bekor qilib, yangi hal qiluv qarorlarini qabul qilgan. Vaholanki, arizalarda keltirilgan vajlar ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko'rish uchun asos bo'ladi.
Yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish dalillarni soxtalashtirish, guvohning bila turib yolg'on ko'rsatma bergani, tarjimonning bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi mavjud bo‘lganida bo‘lishi mumkin. Ushbu holatni tashqi alomati sifatida umumiy yurisdiksiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan dalillarni soxtalashtirish faktini belgilanishi hisoblanadi. Ammo bunda soxtalashtirilgan dalillar ishni ko‘rish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Bunga soxta bankrotlik holatini misol qilib keltirish mumkin. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror chiqarilganidan keyin umumiy yurisdiksiyadagi sudning hukmi bilan iqtisodiy sud tomonidan qaror chiqarilishi uchun asos bo‘lgan buxgalterlik balansi qalbakilashtirilib tuzilishi natijasida soxta bankrotlik faktini aniqlanganligini aytish mumkin.
Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining yoxud sudyalarning shu ishni ko‘rish vaqtida jinoiy qilmishlari ham asos bo‘lishi mumkin. Masalan, sudya tomonidan taraflarning biridan nizoni uning foydasiga hal qilish uchun pora olish fakti.
Bunday holda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun umumiy yurisdiksiyadagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi etarli bo‘ladi. Chunki mazkur holatda sud hujjatining adolatsizligi fakti belgilanadi.
Ma’lumki Iqtisodiy protsessual kodeksning 327-moddasi birinchi qismining 3-bandida ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog’ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari nazarda tutiladi.
IPK 327-moddasi birinchi qismining 3-bandiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog’ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
IPKning 327-moddasi birinchi qismi 4-bandiga muvofiq iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Mazkur vaziyatda yuqoridagi holatlar ish sudda ko‘rilayotganda javobgarga ma’lum bo‘lgan, lekin u sud majlisida ishtirok etmaganligi uchun sudga ma’lumot bermagan. Ya’ni sud ish ahamiyatli holatlarni to‘liq aniqlamasdan hal qiluv qarori qabul qilgan. Bu holat esa hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha ko‘rishga asos bo‘la olmaydi.
Iqtisodiy sudningqonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishning xususiyatlaridan biri IPKning 327-
moddasiga asosan sudning hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta ko‘rilishi mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling