Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet277/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Q a r o r q i l a d i:
ushbu ish bo‘yicha qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudining 2017-yil 3-dekabrdagi qarori bekor qilinsin.
Ish yangidan ko‘rish uchun kassatsiya instansiyasiga yuborilsin.
Protest qisman qanoatlantirilsin.
Oliy sud raisi
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR

  1. Oliy Sudda nazorat tartibida ishlarni ko‘rish jarayonini tushuntirib bering.

  2. Oliy Sudga nazorat tartibida ariza berish tartibini va arizaning mazmunini tushuntiring.

  3. Nazorat protestini keltirish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar va nazorat protestini ko‘rib chiquvchi subyektlar doirasini aniqlang.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha vakolatlari muhokama qiling.

KAZUSLAR
1-kazus
Qo‘shma korxona hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasida 2009-yil 6-oktabrda fuchers shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi qo‘shma korxonaga 10000 kg ipak mahsuloti etkazib berishi, qo‘shma korxona esa etkazib berilgan mahsulot haqini to‘lash majburiyatini olgan.
Mazkur shartnomaga asosan qo‘shma korxona tomonidan fermer xo‘jaligi hisob- raqamiga 179985 AQSH dollari oldindan to‘lab berilgan. Biroq fermer xo‘jaligi qo‘shma korxonaga mahsulotni to‘liq etkazib bermagan. Natijada fermer xo‘jaligi qo‘shma korxonadan 5.35994 AQSH dollari miqdorida qarzdor bo‘lib qolgan.
Shu sababli qo‘shma korxona iqtisodiy sudga murojaat qilib, fermer xo‘jaligidan 535994 AQSh dollari undirishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilib, shartnoma 2009- yilda tuzilgan bo‘lsa-da, da’vogar tomonidan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmaganligi sababli da’vo muddatining o‘tganligini vaj qilib, 2015-yil 23-yanvarda da’voni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini kuchda qoldirgan.
2016-yil 15-mart kuni qo‘shma korxona sudga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qilgan hamda arizada taraflar o‘rtasida 2013-yil 30-may kuni qarzdorlik bo‘yicha akt-sverka tuzilganligini, shuningdek fermer xo‘jaligining qarzdorlikni undirish bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilish lozimligi haqidagi xati mavjudligini, ushbu hujjatlar esa sudning e’tiboridan chetda qolganligini vaj qilib ko‘rsatib, 2015 yil 23 yanvardagi hal qiluv
qarorini bekor qilish va da’vo talabini qanoatlantirish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilish haqida nazorat tartibida protest keltirishni so‘ragan.
Ushbu holatga huquqiy baho bering.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling