Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet278/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2-kazus
Fuqarolar A va B tomonidan MChJ ta’sis etilgan va jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) quyidagicha taqsimlangan: fuqaro “A” - 383 500 so‘m (yoki 59 %); fuqaro “B” - 266 500 so‘m (yoki 41 %).
Jamiyatning ta’sis hujjatlari tuman hokimining 2012 yil 31 yanvardagi qarori bilan ro‘yxatga olingan.
Fuqaro A iqtisodiy sudga fuqaro Bga nisbatan da’vo arizasi bilan murojaat qilib, uni MChJdan chiqarishni so‘ragan.
Fuqaro A o‘z arizasida fuqaro B oxirgi 5 yil davomida ishtirokchilarning yig‘ilishida qatnashmayotganligi va o‘zini turar joyi haqida jamiyatga xabar bermayotganligi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida ko‘rsatib o‘tgan masalalar jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinishi, fuqaro B 41 % ovozga ega ekanligi, biroq fuqaro
ishtirokchilarning yig‘ilishlari kun tartibi, ularni o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda bir-necha marotaba xabardor qilingan bo‘lsada, yig‘ilishda qatnashmayotganligi, buning natijasida MChJ uchun muhim masalalar hal etilmasdan qolishini asos qilib ko‘rsatgan.
Shuningdek fuqaro Aning da’vo arizasida “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqli ekanligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirilib, fuqaro B MChJdan chiqarilgan.
MChJ Oliy Sud raisining o‘rinbosariga ariza bilan murojaat qilgan hamda hal qiluv qarori ustidan nazorat tartibida protest keltirishni so‘ragan.
MChJ o‘z arizasida fuqaro B ham jamiyatning ta’sischisi ekanligini, fuqaro B umumiy yig‘ilishlarda ishtirok etmagan bo‘lsada, uning ta’sischi sifatida saqlanib qolishi jamiyat faoliyati uchun zarurligini, agar fuqaro A jamiyatning yagona ta’sischisi bo‘lib qoladigan bo‘lsa, u o‘z qarorlari bilan jamiyatni bankrot holatiga keltirib qo‘yishi mumkinligini, jamiyatda ishlovchi xodimlar fuqaro Aning yagona ta’sischi bo‘lishiga mutlaqo norozi ekanliklarini bildirgan.
Ushbu holatga huquqiy baho bering.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling