Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet276/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

a n i q l a d i :
Chet el kapitali ishtirokidagi “ ” aksiyadorlik tijorat banki filiali va “ ”
sho‘ba korxonasi o‘rtasida 2016-yil 24 -yunda 96-sonli kredit sharnomasi tuzilgan.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, bank sho‘ba korxonaga ishlab chiqarishni kengaytirish, maxsus texnika sotib olish va aylanma mablag‘larni ko‘paytirish uchun 3 yil muddatga 16 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 290000000 so‘m miqdorida kredit ajratish, sho‘‘ba korxona esa olingan kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lash majburiyatini olgan.
Kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida 2016-yil 24-sentabrdagi garov shartnomasiga asosan sho‘ba korxonaga tegishli bo‘lgan 2016-yilda ishlab chiqarilgan “ ” rusumli, davlat belgisi
bo‘lgan yuklagich avtotransport vositasi garovga qo‘yilib, ushbu mulkning bahosi 108000000 so‘m qiymatda belgilangan.
Bundan tashqari, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida “ ” sho‘ba korxonasi va “ ” MChJ o‘rtasida 2017-yil 24-iyunda1-sonli kafillik
shartnomasi tuzilgan.
Kafillik shartnomasi shartlarida “ ” MChJ sho‘ba korxona tomonidan kafillik bilan
ta’minlangan majburiyatlar bajarilmaganda yoki bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda bankning talabi bilan kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda va miqdorda sho‘ba korxonaning majburiyati qilib belgilangan ssuda va hisoblangan foizlarni qoplab berishi belgilangan.
Shuningdek bank, sho‘ba korxona va “ ” MChJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida
2016-yil 25-iyunda “kreditni qaytmasligini sug‘urtalash to‘g‘risida” 1-sonli shartnoma tuzilgan.
Mazkur shartnomaning 1.1-bandida “ ” MChJ sug‘urta hodisasi ro‘y berganda naf
oluvchiga yetkazilgan zararni sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qoplab berish majburiyati nazarda tutilgan va shartnoma shartlarida sug‘urta to‘lovi 200000000 so‘m miqdorda belgilangan.
Bank shartnoma majburiyatlarini bajarib, sho‘ba korxonaga 290000000 so‘m kredit mablag‘i ajratgan. Biroq sho‘ba korxona shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmasdan, kredit qarzini hamda unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Natijada 2017-yil 31-iyul holatiga sho‘ba korxonaning kreditdan bo‘lgan qarzi 290 000 000 so‘mni, foizdan qarzi 38687625 so‘mni tashkil etgan.
Shunga ko‘ra chet el kapitali ishtirokidagi bank iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “ ” sho‘ba korxonasi, “ ” MChJ, “ ” MChJ shaklidagi sug‘urta
kompaniyasidan solidar tartibda 67666690 so‘m kredit qarzi, 38687625 so‘m foiz, muddati kelmagan 222333310 so‘m kredit qarzi, jami 106354315 so‘m undirishni, undiruvni “ ” sho‘ba
korxonasining garovdagi mol-mulkiga qaratishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining 2017-yil 8-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo talablari qisman qanoatlantirilib, “ ” sho‘ba korxonasi va “ ” MChJdan solidar tartibda 328687625 so‘m
kredit qarzi undirilgan. Undiruv “ ” sho‘ba korxonasi tomonidan garovga qo‘yilgan
“ ” rusumli 2016-yilda ishlab chiqarilgan davlat belgisi bo‘lgan yuklagich
avtotransport vositasiga qaratilgan va uning boshlang‘ich narxi 108000000 so‘m qiymatda belgilangan.
Da’voning “ ” MChJga nisbatan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ish apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilmagan.
Kassatsiya instansiyasi sudining 2017-yil 3-dekabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudinining 2014- yil 8-sentabrdagi hal qiluv qarori o‘zgartirilib, javobgar “ ” sho‘ba korxonasi va
“ ” MChJdan solidar tartibda 106354315 so‘m kredit qarzi, 3286876 so‘m davlat boji,
“ ” MChJ shaklidagi sug‘urtakompaniyasidan solidar tartibda 200000000 so‘m
undirilgan.Protestda sudlar tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar to‘liq aniqlanmasdan moddiy va protsessual huquq normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi, birinchi instansiya sudi va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chet el kapitali ishtirokidagi bankning muddati kelmagan 222 333 310 so‘m kredit qarzini undirish talabi bo'yicha qaror qabul qilinmaganligi haqidagi vajlar keltirilib, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish masalasi qo‘yilgan.
Rayosat ish bo‘yicha sudya ning ma’ruzasini, Bosh prokuror o‘rinbosarining protestni
qisman quvvatlashi to‘g‘risidagi fikrini eshitib, protest vajlarini ish hujjatlari asosida muhokama qilib, qo‘yidagi asoslarga ko‘ra protestni qisman qanoatlantirishni, kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishni lozim topadi.
Kassatsiya instansiyasi sudi kredit shartnomasining 3.1-bandiga muvofiq kredit mablag‘lari va unga hisoblangan foizlar belgilangan muddatlarda qaytarilmaganda bank berilgan kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega ekanligi, mazkur holatda sug‘urta shartnomasining 3.7-bandida ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi ro‘y beriganligi, ya’ni sho‘ba korxona kredit bo‘yicha qarzdorlikni kredit shartnomasida belgilangan tartibda to‘lay olmaganligi, shuning uchun sug‘urta tashkiloti ham qarzdor va kafil bilan birga solidar javobgar bo‘lishi haqida barvaqt xulosaga kelgan va da’voning “ ” MChJga nisbatan qismini ham
qanoatlantirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining915-moddasi birinchi qismiga ko‘ra mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka etkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi.
Sug‘urta shartnomasining 8.3-bandida naf oluvchi, ya’ni bank ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha talabni faqatgina qarzdorlikni undirish yuzasidan barcha choralarni ko‘rganidan so‘ng, shu jumladan zararni qoplash garovga qo‘yilgan mulkka qaratilgandan so‘ng sug‘urtalovchidan talab qilishi mumkinligi belgilangan.
Kassatsiya instansiyasi sudi bankning sho‘ba korxonaga berilgan kredit va uning foizlarini qarzdor va kafildan, shu jumladan garovdagi mol-mulklardan undirish choralarini ko‘rmaganligi, bu esa ushbu qarzdorlikni sug‘urtalovchidan ham solidar tartibda undirish haqidagi talabi asossiz ekanligiga ahamiyat bermagan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 303-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudi qarorida sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari, birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasining qarorini bekor qilganda yoki o‘zgartirganda kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudining xulosalariga rozi bo‘lmaganligining sabablari ko‘rsatilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudi sug‘urta, bu majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usuli hisoblanmasdan, balki sug‘urta shartnomasi bo‘yicha kredit mablag‘larini qaytarmaslik xavfi sug‘urtalanishiga ahamiyat bermagan. Shuningdek kassatsiya instansiyasi sudi qarorida sug‘urta hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta tashkiloti kreditor oldida qarzdor va kafil bilan birgalikda solidar javobgar berishi lozimligi moddiy huquq normalari bilan asoslantirib berilmagan. Ya’ni kassatsiya instansiyasi sudi qarorida uni qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari ko‘rsatilmagan.
Shu bilan birga, birinchi instansiya sudi va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chet el kapitali ishtirokidagi bankning muddati kelmagan 222333310 so‘m kredit qarzini undirish talabi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.
IPKning 321-moddasi 2-bandiga ko‘ra ushbu kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.IPKning 322-moddasiga asosan sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Qayd etilganlarga ko‘ra, Rayosat ish yuzasidan qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudining 2017- yil 3-dekabrdagi qarorini bekor qilib, ishni kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan ko‘rish uchun yuborishni lozim topadi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida yangidan ko‘rishda ish uchun ahamiyatli holatlarni to‘liq o‘rganib, yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning shartlariga huquqiy baho berib, sud majlisida taraflar vakillarining ishtirokini ta’minlab, ularning vajlarini ishda to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda muhokama qilib, moddiy va protsessual huquq normalarini to'g'ri qo'llab, nizo yuzasidan qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Bayon etilganlarga asosan, Iqtisodiy protsessual kodeksining 321 - 323-moddalarini qo'llab, Rayosat

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling