Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish va uning oqibatlari


Download 464.55 Kb.
bet285/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rish va uning oqibatlari


Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish IPKning 326-moddasiga asosan birinchi instansiyada qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta ko‘rish iqtisodiy sudning sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib, arizani qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud qayta ko'rishni rad etadi.
Iqtisodiy sudningmajlisi ajrim chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda sud yangi ochilgan holatlarning mavjudligini ta’kidlaydi, arizani qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi, yoki arizada sanab o‘tilgan holatlarni yangi ochilgan holatlar deb yoki bo‘lmasa arizada yangi ochilgan holatlar deb keltirilgan asoslarni ishni hal etish uchun muhim ahamiyatga ega emas deb hisoblab sud hujjatini qayta ko‘rishni rad etadi. Iqtisodiy sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etsa, IPKning 333- moddasi 3-qismiga binoan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g'risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi (ajrim chiqarilayotgan) va sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilayotganda sud tekshirilishi lozim bo‘lgan va ular sud hujjatini bekor qilish natijasida bo‘lgan taqdirda ularni belgilashi yoki isbotlangan deb hisoblashga haqli emas.
Ushbu holatda ish bo‘yicha sud hujjatini yangi ochilgan holatlar mavjudligi fakti sudga ma’lum bo‘lsa hamda oldingi sud hujjatini bekor qilish majburiyati vujudga kelsa, sud ish bo‘yicha barcha holatlarni haqiqatda isbotlanganligini e’tirof etishga haqli emas. Bunday vaziyatda iqtisodiy sud ishni yangidan ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilganidan so‘ng ishni sud muhokamasiga tayyorlash, belgilangan qoidalarga muvofiq belgilanadi hamda mazkur iqtisodiy ishini ko‘rish yangidan boshlanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling