Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash


Download 464.55 Kb.
bet293/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijroga taqdim etish muddati o‘tkazib yuborilgan ijro varaqasi bank yoki davlat ijrochisi tomonidan ijroga qabul qilinmaydi va undiruvchiga qaytariladi.
Undiruvchi bunday holatlarda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan ijro varaqasini bergan iqtisodiy sudga yoki ijro etiladigan joydagi iqtisodiy sudga murojaat qilishi mumkin. Arizada muddatning o‘tkazib yuborilganiga sabab bo‘lgan va endi arizachining fikriga ko‘ra muddat tiklanishiga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan vajlar ko‘rsatiladi. Arizaga tegishli ijro varaqasi ilova qilinadi.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Agar ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati tiklangan bo‘lsa, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan uch yillik muddat o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ajrim qonuniy kuchga kirganidan boshlab hisoblanadi.
Bank, kredit muassasi yoki davlat ijrochisi undiruvchidan muddati o‘tkazib yuborilgan ijro varaqasini iqtisodiy sudning o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrimi bo‘lgan taqdirdagina qabul qiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling