Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish dublikatini berish


Download 464.55 Kb.
bet294/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish dublikatini berish
Ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qolganda uning dublikatini berishga yo‘l qo‘yiladi. Ariza yo‘qotilgan ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) berishga asos bo‘lgan sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga beriladi.
Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrug‘i) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqida undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasi (sud buyrug‘i)ning dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Dublikatni berish haqidagi arizada ijro varaqasi yo‘qotilgan holatlar ko‘rsatiladi va arizachining vajlarini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bunday dalillar banklar yoki boshqa kredit muassasalarining ma’lumotnomalari, aloqa organlari yoki sud ijrochisidan olingan ma’lumotnomalar bo‘lishi mumkin. Undiruvchi tashkilotning ijro hujjati yo‘qolgani haqidagi xabarnomasi uning rahbari (yoki o‘rinbosari) hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Dublikatni berish haqidagi arizada ijro varaqasi yo‘qotilgan holatlar ko‘rsatiladi va arizachining vajlarini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bunday dalillar banklar yoki boshqa kredit muassasalarining ma’lumotnomalari, aloqa organlari yoki sud ijrochisidan olingan ma’lumotnomalar bo‘lishi mumkin. Undiruvchi tashkilotning ijro hujjati yo‘qolgani haqidagi xabarnomasi uning rahbari (yoki o‘rinbosari) hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Dublikat berish haqidagi masalani hal etishda iqtisodiy sud yo‘qotilgan ijro varaqasi bo‘yicha qaror ijro etilgan-etilmaganligini aniqlashi lozim. Agar ijro etilgan bo‘lsa, dublikat berish mumkin emas.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ijro varaqasining dublikati yo‘qotilgan ijro varaqasidek kuchga ega bo‘ladi. Agar yo‘qotilgan ijro varaqasi bo‘yicha qaror qisman ijro etilgan bo‘lsa-da, beriladigan dublikatda undiriladigan summani tegishlicha o‘zgartirish mumkin emas. Dublikat yo‘qolgan hujjatni to‘laligicha takrorlashi shart. Qisman amalga oshirilgan ijro dastlabki ijro varaqasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgani kabi dublikat bo‘yicha keyinchalik amalga oshiriladigan ijroda hisobga olinishi lozim.
Dublikat berilgan paytdan boshlab dastlab olingan ijro varaqasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Agar u keyinchalik topilsa ham, undiruvchi undan foydalana olmaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling