Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet302/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

ikkinchidan , immunitet rejimi chet el davlatining hech qanday immunitetga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi tashkilotiga qonuniy tarzda egalik qilishga yoki operativ boshqarishga berilgan mol-mulkiga ham tegishlidir;
uchinchidan, IPKning 242-moddasi asosiy da’vo chet el davlati tomonidan berilganda, qarshi da’voga nisbatan ham teng tarzda qo‘llaniladi.
Xalqaro tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari xalqaro shartnomalarga muvofiq imtiyoz va immunitetdan foydalanadi. BMT ustavining 100-moddasiga ko‘ra, Bosh kotib va BMT Kotibiyati personali tashkilot uchun chet bo‘lgan qaysidir hukumat yoki hokimiyat bo‘lishidan qat’i nazar ko‘rsatmalar so‘rash yoki olishga haqli emaslar. Ular tashkilot uchun mas’ul bo‘lgan xalqaro mansabdor shaxs sifatida ularning maqomiga ta’sir etadigan har qanday harakatdan saqlanishi shart.
Xorijiy davlatlarda (AQSH, GFR, Buyuk Britaniya va boshqalar) hozirgi paytda immunitet faqatgina hokimiyat, ommaviy-huquqiy tusga ega bo‘lgan chet el davlati hujjatlariga tatbiq etiladi. Bu “savdo qilayotgan” davlatlarning harakatlariga nisbatan qo‘llanilmaydigan “funksional yoki chegaralangan suverenitet” doktorinasining amalga oshirilishidir. IPKning 242-moddasi 1-qismining qoidalari “agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa”, qo‘llaniladi. Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan diskriminatsiya choralari ko‘rilgan davlatlarga nisbatan javob tariqasida cheklovlar belgilash imkoniyatini yaratadi. Chet el davlatlar bilan bir qatorda sudning immuniteti u yoki bu hajmda ayrim xalqaro tashkilotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi, bu IPKning 242-moddasi 2-qismida o‘z ifodasini topgan. Ushbu tashkilotlarning huquqiy maqomi bir xil emas, shuning uchun mazkur norma havola tusiga ega.
Har bir mavjud bo‘lgan ishlarning echimi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalargaasoslangan holda hal etilishi kerak. Tegishli ma’lumot shu tashkilotlarning ta’sis hujjatlaridan ham olinishi mumkin. Immunitetning mavjudligi va uning chegaralarini sudga isbotlash vakolati ularning kontragentlari emas, balki aynan xalqaro tashkilotlarni o‘zining zimmasiga yuklatilganligi haqidagi fikr yuzasidan immunitet masalasi da’voni qabul qilinganidan so‘ng va ish yurituvining rasmiy boshlanishidan oldin ko‘riladi. Bu yerda, xususiy shaxslarning chet el davlatlariga qiladigan talabnomalaridan farq mavjud. Umumiy qoida bo‘yicha davlatlarning sud immuniteti yuzasidan xulosa qilinadi. Ushbu tashkilotlarga nisbatan bunday prezumpsiyani qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Hozirgi vaqtda bir qator davlatlarda davlat immuniteti to‘g‘risidagi maxsus qonunlar qabul qilingan. Xususan, AQSHning 1976-yildagi “Chet davlatlar immuniteti to‘g‘risida”gi, Buyuk Britaniyaning 1978-yildagi “Davlatning immuniteti to‘g‘risida”gi, Singapur davlatining 1979-yildagi “Chet el davlati immuniteti to‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidandir.
Sud immunitetini qo‘llashning xususiyatlari kelgusida O‘zbekiston Respublikasining davlat immuniteti haqidagi qonunda belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga ko‘ra davlat bilan investor o‘rtasidagi bitim bilan bog‘liq nizolar bitim shartlariga muvofiq sudda, shu jumladan xalqaro arbitraj sudida hal qilinadi.

  1. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir
    predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizolar yuzasidan ishlarni
    ko‘rishning protsessual oqibatlari


Agar chet davlatning vakolatli sudi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudida da’vo taqdim etilgunicha ishni ko‘rishga qabul qilib, ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni ko‘rgan yoki shu ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud da’voni ko‘rmasdan qoldiradi yoki ish yuritishni tugatadi. Agar chet davlatning sudi tomonidan qabul qilinadigan yoki qabul qilingan hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinishi yoki ijro etilishi mumkin bo‘lmasa yoxud tegishli ish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatida bo‘lsa, shunday oqibatlar kelib chiqmaydi.
Mazkur normani amaliyotda qo‘llashda O‘zbekiston sudida da’vo ariza materiallarida chet davlat sudida aynan o‘xshash talab yuzasidan bo‘layotgan yoki tugatilgan protsess haqida ma’lum bo‘lib qolsa, IPKning 152-moddasini qo‘llashiga yo‘l qo‘yilishi haqida masala tug‘iladi. IPKning 243-moddasi bevosita bunday ko‘rsatmani o‘z ichiga olmaydi, lekin IPKning 154-moddasi bilan tartibga solingan masalalarning bir turligi va ular bilan mustahkamlangan protsessual institutlarning huquqiy tabiati o‘xshashligi tufayli tegishli asoslar mavjuddir. 1993-yildagi Minsk konvensiyasiga muvofiq (22-modda 1-bandi) har xil davlatlarning vakolatli sudlarida aynan o‘xshash bo‘lgan ish yuzasidan ish yurituvi olib borilayotgan bo‘lsa, ishni keyinroq qo‘zg‘atgan sud, ish yurituvini tugatadi.
Iqtisodiy ishlari turli davlatlarda bir vaqtni o‘zida yoki har xil davrda ko‘rilishi mumkin. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida va chet elda qabul qilingan qaror bir-biriga zid bo‘lishi mumkin. Xalqaro shartnomalar va milliy qonun hujjatlardagi sud qarorlari imkon qadar bartaraf etish uchun bir qator tamoyillarga asoslangan qoidalar tatbiq etiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling