Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik


Download 464.55 Kb.
bet299/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 82-moddasiga muvofiq ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ijro varaqasida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs ana shu harakatlarni bajarmaganligi yoik ijroga to‘sqinlik qilganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bu shaxslar ushbu harkatlarni bajarish iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan aynan ularga yuklatilgan bo‘lgandagina mas’uliyatga ega bo‘ladilar.
Shu sababli sudning hujjati aniq bo‘lishi, uni bajarish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha harakatlar belgilanishi zarur. Qaror shunday rasmiylashtirilishi kerakki, uni kim va qanday ijro qilishi aniq ko‘rsatilsin. Shundagina uni ijro qilmaganlik uchun aybdor shaxslarning javobgarligi real bo‘ladi.
Ma 'muriy javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1981-moddasida qarzdorning ijro hujjatining uning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmasligi fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek mazkur kodeksning 1982-moddasiga ko‘ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, ya’ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo‘qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o‘zining yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1981-1982-moddalarida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqli bo‘lib, uning nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish vakolati berilgan byuro organlari mansabdor shaxslari haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasiga muvofiq hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat ijrochilari hokimiyat vakili bo‘lganliklari sababli ularning ijro harakatlarini olib borishga qaratilgan vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilinganda ham yuqorida keltirilgan ma’muriy javobgarlikka torish uchun asos bo‘ladi. Bunday toifadagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 181-moddasiga muvofiq mansabdor shaxs tomonidan sud chiqargan xususiy ajrimni (qarorni) ko‘rib chiqmaslik yoxud ajrimda (qarorda) ko‘rsatilgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaslik, xuddi shuningdek xususiy ajrimga (qarorga) o‘z vaqtida javob bermaslik eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoiy javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida sud hujjatini ijro etmaslik odil sudlovga qarshi jinoyatlar sirasiga kiritilgan. Mazkur Kodeksning 232-moddasiga muvofiq muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xulosa qilib aytganda ijro hujjatlarini bajarmaganlik uchun so‘nggi yillarda amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar iqtisodiy sudlarning sud hujjatlari ijrosini ta’minlashning huquqiy kafolati kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling