Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik


Download 464.55 Kb.
bet298/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik

Bank yoki boshqa kredit tashkilotining javobgarligi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Iqtisodiy sud bank yoki boshqa kredit muassasasiga IPKning “Sud jarimalari” to‘g‘risidagi 14-bobida ko‘zda tutilgan qoidalar asosida jarima soladi. Jarima solish to‘g‘risidagi masala ijro etilmayotgan sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sud majlisida ko‘riladi. Majlisning joyi va vaqti haqida jarima solinishi kerak bo‘layotgan bank yoki boshqa kredit muasasasi, shuningdek qarzdor va undiruvchi sud ajrimi orqali xabardor qilinadi. Ularga ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Tegishli tarzda xabar berilgan shaxsning kelmasligi jarima solish masalasini ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Bank yoki boshqa kredit muassasasining mas’uliyati masalasi manfaatdor taraf - undiruvchi tomonidan qo'yilishi mumkin, ammo qonun mazkur masala iqtisodiy sud tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra ko‘rilishini ham man qilmagan. Iqtisodiy sudning bunday huquqi nafaqat taraflarning o‘z poymol etilgan huquqlarini tiklashdagi mustaqilligi, taraflarning qonun oldida teng huquqliligi tamoyillariga monelik qilmaydi, balki sud hujjatining haqqoniy ijro etilishi talablariga ham javob beradi.
Jarima solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalariga ko‘ra ajrim chiqariladi. Uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin, shu jumladan jarima solingan bank yoki boshqa kredit muassasasida ham shunday huquq mavjuddir. Solinadigan jarimaning aniq miqdori iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi, u undirilishi kerak bo‘lgan summaning ellik foizigacha bo‘lishi mumkin, ayni paytda sud o‘z hujjatining ijro etilmaganligiga sabab bo‘lgan barcha holatlarni hisobga olishi kerak. Jarima qarzdorning hisob raqamida mablag‘ bo‘lib hamda bank yoki boshqa kredit muassasasi uni o‘chirish imkoniga ega bo‘la turib ko‘chirmagan holda solinadi.
Iqtisodiy sud qarorni ijro etilmaganligi sabablarini aniqlayotganda ijro varaqasi bankda turgan davrdagi qarzdorning hisob raqami bo‘yicha ko‘chirma so‘rab olishi mumkin.
Iqtisodiy sudlari ko‘pchilik hollarda undiruvchilarning banklarga jarima solish haqidagi iltimosnomalarini rad qiladi, chunki qaror qarzdorning hisobida mablag‘i bo‘lmaganligi sababli ijro qilinmayotgan va bunda bankning hech qanday aybi yo‘qligi aniqlanadi.
Iqtisodiy sud jarima solish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling