Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet300/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR

  1. Iqtisodiy sudlari sud hujjatlarini ijro qilishning huquqiy asoslarini aytib bering.

  2. Iqtisodiy sudlari sud hujjatlarini xorijiy davlatlarda ijro qilish qanday xalqaro hujjatlar bilan tartibga solinadi?

  3. Ijro varaqasi nima, uning shakli va mazmuniga qonun hujjatlari bilan qanday talablar qo‘yilgan?

  4. Ijro varaqasining iqtisodiy sudlari tomonidan berilishi tartibini tushuntirib bering.

  5. Bitta sud hujjati bo‘yicha qanday holatlarda bir nechta ijro varaqasi berilishi mumkin?

  6. Ijro varaqasini undiruvchi tomonidan ijroga taqdim qilish tartibini tushuntirib bering.

  7. Qanday holatlarda ijro varaqasi davlat soliq xizmati organi va sud ijrochilari tomonidan ijroga taqdim qilinadi?

  8. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati qonun hujjatlarida qanday belgilangan?

  9. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi deganda nimani tushunasiz?

  10. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddati qanday tiklanadi?

  11. Ijro varaqasining dublikati qanday holatlarda va tartibda beriladi?

  12. Iqtisodiy sudning hujjati ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish tartibi qanday?

  13. Iqtisodiy sud hujjatining qaytarma ijrosi deganda nimani tushunasiz?

  14. Sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik turlarini sanab bering.

  15. Sud hujjatini ijro etmaganlik yoki uni ijro etishga to‘sqinlik qilganlik uchun kimlar va qanday tartibda javobgarlikka tortiladilar?

KAZUSLAR
1-kazus
Xo‘jalik sudining 2012-yil 13-yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan “ZAFAR” XKni Toshkent shahar, Hamza tumani (hozirgi Yashnabod) Turon ko‘chasi, 2-uydan ko‘chirish belgilangan. Hal qiluv qarori bo‘yicha berilgan ijro varaqasi Hamza tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi ish yurituviga berilgan.
Sud ijrochisining 2012-yil 29fevraldagi qarori bilan “ZAFAR” xususiy korxonasi rahbari T.Sobirovga nisbatan O‘zbekistan Respublikasi MJtKning
1981-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida, ya’ni 627.900 so‘m jarima undirish belgilangan.
Sud ijrochisining ushbu qaroridan norozi bo‘lib, “ZAFAR” xususiy korxonasi Sud ijrochilari Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va Sud ijrochilari Hamza tumani bo‘limiga nisbatan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 314-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 315-moddasi birinchi qismida belgilanganidek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu holatda sud tomonidan qanday sud hujjati qabul qilinishi lozim?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling