Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi


Download 464.55 Kb.
bet292/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish muddati quyidagi ikki holatda: 1) ijro varaqasini ijroga taqdim etish; 2) sud hujjatini qisman ijro etish bilan uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish ijro varaqasini ijroga taqdim etishning uch yillik muddati uzilishiga sabab bo‘ladi. Bu shuni bildiradiki, uch yillik muddat ichida ijro organiga (bankka, boshqa kredit muassasasiga yoki davlat ijrochisiga) yuborilgan ijro varaqasi, birinchidan, ushbu organ tomonidan qandaydir muddatlar bilan chegaralanmagan holda ijro etilishi mumkin; ikkinchidan, ijro hujjati ijro etilmasdan yoki qisman ijro etilib, undiruvchiga qaytarilganda u yana qaytarilgan kunidan boshlab hisoblanadigan uch yillik muddat ichida takroran ijro etishga taqdim qilinishi mumkin.
Ijro varaqasini ijro etish uchun taqdim etish muddati sud hujjatining qarzdor tomonidan qisman ijro etilishi bilan uziladi. Qonun ijro varaqasi ijro etish uchun taqdim qilinmasdan ixtiyoriy tarzda qisman ijro etilishini nazarda tutadi. Bu qarzdor o‘z majburiyatini tan olganini va uni bajarmoqchi ekanidan dalolat beradi. Bu holatni tasdiqlovchi hujjat pul mablag‘i ko‘chirilganini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi bo‘lishi mumkin.
Ijro varaqasi ijro etish uchun taqdim etilganidan so‘ng amalga oshirilgan qisman ijro etish muddatning o‘tishiga ta’sir qilmaydi, chunki muddat uzilgan va shuning uchun o‘tmayotgan bo‘ladi.
Ijro varaqasini ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli u undiruvchiga qaytarilgan taqdirda ijro varaqasini taqdim etish uchun yangi muddat u qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ijro varaqasini ijro etish muddati uzilganidan keyingi yangi ijro etish muddati ijro varaqasi undiruvchiga qisman ijro etilib yoki umuman ijro etilmay qaytarilganda boshlanadi. Qaytarish kuni sifatida ijro varaqasi bank yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchiga qaytargan yoxud pochta orqali jo‘natgan kun hisoblanadi. Ijro varaqasini ijro etishga taqdim qilishning shungacha o‘tgan muddati yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.
IPKning 339-moddasida ijro varaqasini qaytarishning faqat bitta asosi, ya’ni ijro varaqasini to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi ko‘rsatilgan.
Agar ijro varaqasi bank muassasasiga berilgan bo‘lsa, u faqat undiruvchining arizasiga binoan qaytarilishi mumkin, chunki qarzdorning hisobvaraqasida mablag‘ning yo‘qligi o‘z-o‘zidan undiruvchining tegishli arizasisiz ijro varaqasini qaytarish uchun asos bo‘la olmaydi. Bank unda qarzdorning hisobvarag‘i mavjud bo‘lmaganda ijro varaqasini qaytaradi.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:

  1. undiruvchining arizasiga ko‘ra;

  2. agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lmasa (Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol- mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

  3. agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa;

  4. agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to‘g‘risidagi sud ijrochisining taklifi bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa;

  5. agar undiruvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.

Ijro varaqasining undiruvchiga qaytarilishi bu hujjatni qonunda ko‘zda tutilgan muddat chegarasida ijro etish uchun takroran taqdim qilishga to‘siq bo‘lmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling