Iqtisodiy protsessda kassatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi va
ahamiyati
Kassatsiya lotincha “quasso”so‘zidan olingan bo‘lib, sindirish, bekor qilish, buzish degan ma'noni anglatadi.Kassatsiyaning huquqiy tushunchasi bu - qonun va sud ishlarini yuritish qoidalari buzilganligi sababli yuqori sud organi tomonidan, quyi sud organi chiqargan, kuchga kirgan sud hal qiluv qarori, ajrimi, qarorining shikoyat yoki protest asosida qayta ko‘rib chiqilishidir. Bunda dastlabki hal qiluv qarori o‘zgartirilishi, qisman o‘zgartilishi, bekor qilinishi, qisman bekor qilinishi hamda hech qanday o‘zgarmasdan qoldirilishi mumkin.
Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.
Kassatsiya instansiyasi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning mustaqil bosqichi bo‘lib, sud hujjatlarini qayta ko‘rishning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Kassatsiya instansiyasi apellatsiya instansiyasidan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
apellatsiya instansiyasida ish qo‘zg‘atishda qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudi hujjati ustidan apellatsiya shikoyati qilinsa (protesti keltirilsa), kassatsiya instansiyasida esa qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan kassatsiya shikoyati(protesti) keltiriladi.
apellatsiya instansiyasida ishni birinchi instansiya tariqasida ko‘rgan xo‘jalik sudining o‘ziga apellatsiya shikoyati keltirilsa, kassatsiyada kassatsiya shikoyati yuqori turuvchi xo‘jalik sudiga keltiriladi.
apellatsiya shikoyati (protest) birinchi instansiya sudi tomonidan sud hujjati qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddatda taqdim etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingi, shuningdek qarori va ajrimi qabul qilinganidan keyingi biroy bir oy ichida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |