Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Apellatsiya instansiyasining qarori


Download 464.55 Kb.
bet258/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

6. Apellatsiya instansiyasining qarori
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rgan barcha (shu jumladan ish bo‘yicha alohida fikrga ega bo‘lgan) sudyalar tomonidan imzolanadigan qaror shaklidagi sud hujjatini qabul qiladi.
Izoh: apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi. Uning nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori IPKning 179-moddasiga asosan kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi; ish raqami; qarorni qabul qilish sanasi va joyi; ishni ko‘rgan sudning tarkibi; ishda ishtirok etgan shaxslarning nomlari; nizoning predmeti; majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning vakolatlari ko‘rsatilgan holda familiyalari; majlisda ishtirok etgan prokurorning familiyasi; sud majlisi kotibining familiyasi; apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi; shikoyat (protest) qilingan sud hujjatining qabul qilingan sanasi; uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari ko‘rsatiladi.
Qarorning bayon qismida shikoyat (protest) qilinayotgan sud hujjati mazmunining qisqacha bayoni; apellatsiya shikoyatida (protestida) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirish masalasi qo‘yilishiga sabab bo‘lgan asoslar; apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan berilgan mulohazada bayon etilgan vajlar; sud majlisida ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari ko‘rsatiladi.
Qarorning asoslantiruvchiqismidaapellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan holatlar; ushbu holatlar to‘g‘risida sudning xulosalariga asos bo‘lgan dalillar; qarorni qabul qilishda sud qo‘llagan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; qarorni qabul qilishda sud u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tayangan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llamasligiga sabab bo‘lgan vajlar; birinchi instansiya sudining sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgartirilganda apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalari bilan qo‘shilmaganligining sabablari; apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar ko‘rsatiladi.
Qarorning xulosa qismida IPKning 278-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan biri,apellatsiya shikoyatini berish bilan bog‘liq sud xarajatlarining taraflar o‘rtasida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Qaror qabul qilingan vaqtidan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Qaror qabul qilingan kunidan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.Qaror ustidan shikoyat qilish mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori IPKning 190-moddasida nazarda tutilgan tartibda tushuntirilishi, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik hisoblashdagi yanglishishlar esa tuzatilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling