Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet257/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh:apellatsiya instansiyasi sudida IPKning 101, 102-moddalarida nazarda tutilgan ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi qoidalar qo‘llaniladi. Bunda sudlar IPKning 101-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida Iqtisodiy sudiish yuritishni to‘xtatib turishga majbur. IPKning 102-moddasida qayd etilgan asoslar mavjud bo‘lganida esa ish yuritishni to‘xtatib turish masalasi iqtisodiy sud tomonidan ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib hal etiladi. IPKning 101-moddasi birinchi qismining 1-bandini qo‘llashda shuni nazarda tutish kerakki, iqtisodiy sud mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda to‘xtatib turishga majbur. Ishni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lganda ish yuritishni to‘xtatib turish mumkin emas.
Iqtisodiy sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rgach:

  1. sudning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni)esa qanoatlantirmaslikka;

  2. hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilib, yangi qaror qabul qilishga;

  3. hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;

  4. hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilib, ishni yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;

  5. Iqtisodiy protsessual kodeksnung 279-moddasi to‘rtinchi qismining 4- bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.

Apellatsiya instansiyasi sudlari vakolatlarining ro‘yxati qat’iy bo‘lib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini hisobga olishlari kerak.
Apellatsiya instansiya sudining vakolati deganda, apellatsiya instansiyasi sudining apellatsiya shikoyati bo‘yicha tekshirilayotgan, hali qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qaroriga nisbatan qonun bilan o‘rnatilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun zarur huquqlarining majmuyi tushuniladi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan deb topsa, bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismini o‘zgartiradi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, ammo sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq emas deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari to‘liq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori etarli asoslantirilmagan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud bo‘lgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qiladi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda IPKning 279-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilgan hamda bu hol noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga olib kelgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi yoki o‘zgartiradi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi har qanday holda ham birinchi instansiya iqtisodiy sudning hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi, agar:

  1. sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;

  2. ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;

  3. sud ishi yuritilayotgan til to‘g'risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog'ida buzilganligi;

  4. ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

  5. hal qiluv qarori sudya yoki ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

  6. ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki Iqtisodiy protsessual 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud agar sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilgan bo‘lsa, audio va videoyozuvlarning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;

  7. bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;

  8. sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g'risidagi qoidaning buzilganligi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling