Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet233/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, Toshkent shahrida hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi, undiruvchi, qarzdor joylashgan, ammo qarzdor davlat ro'yxatidan Urganch shahrida o'tgan. Bunday hollarda undiruvchi ijro varaqasini olish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga yoki Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizaningshakli va mazmuni.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza faqat yozma shaklda tuzilishi va u taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi lozimligi to'g'risidagi qoida imperativ xususiyatga ega bo'lib, unga rioya qilish hakamlik muhokamasi taraflari uchun majburiydir. Arizani iqtisodiy sudga taqdim qilgan taraf agar yuridik shaxs bo'lsa, qonun hujjatlarida yoki ta'sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ish ko'radigan organlari hamda vakillari, yakka tartibdagi tadbirkor bo'lsa, uning shaxsan o‘zi yoki vakili imzolash i mumkin.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinishi lozim. Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnomaga uning rahbari yoki ta'sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs imzo chekishi va bu imzo tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs) tomonidan berilgan ishonchnoma notarial tartibda, shuningdek ishonchnomani beruvchi ishlayotgan yoki o'qiyotgan tashkilot tomonidan, yashab turgan joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organi, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan va u davolanayotgan statsionar davolash muassasasining ma'muriyati tomonidan agar ishonchnoma harbiy xizmatchi tomonidan berilayotgan bo'lsa - tegishli harbiy qism qo'mondonligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning ishonchnomasi tegishli muassasaning boshlig'i tomonidan tasdiqlanishi lozim. Advokatning vakolati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:

  1. ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;

  2. hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;

  3. hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

  5. ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;

  6. hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi talab.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  1. hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi. Doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sud hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak;

  2. hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;

  3. belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji, agar arizachi uni to'lashdan ozod qilingan bo'lmasa hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda o'tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling