Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet238/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Nazorat savollari

  1. Hakamlik sudlari tomonidan qanday nizolar hal qilinadi?

  2. Hakamlik sudlari faoliyatining huquqiy asoslarini aytib bering.

  3. Iqtisodiy sud tomonidan ko'riladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlarga nimalar kiradi?

  4. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish deganda nimani tushunasiz?

  5. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni qo'yilgan talablarni sanab bering.

  6. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish tartibini tushuntirib bering.

  7. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini sanab bering.

  8. Iqtisodiy sud va hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrimi mazmunini aytib bering.

  9. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlarni yuritish tartibini tushuntirib bering.

  10. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslarini sanab bering.

KAZUSLAR
1-kazus

Arizachi “SADAF” MChJ iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib javobgar “PLAST” MChJga nisbatan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi doimiy faoliyat ko'rsatuvchi Hakamlik sudining 2017-yil 29- dekabrdagi 2017/10-009-sonli hal qiluv qarorini bekor qilishni so'ragan va hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos sifatida uning hakamlik sudining majlisida ishtirok etmaganligi keltirilgan.
Hakamlik sudning 2017-yil 27-oktyabrdagi ajrimi bilan da'vo arizasi ish yurituvga qabul qilingan va sud majlisini 2017-yil 1-noyabrga tayinlangan. Mazkur ajrim aloqa bo'limi tomonidan 2017 -
yil 27-oktyabrda “SADAF” MChJning ishonchnoma bo'yicha vakili Xoliqovga topshirilganligini tasdiqlovchi pochta xabarnomasi mavjud. Hakamlik sudining majlisi javobgar ishtirokini ta'minlash uchun 2017 -yil 1-noyabrdan 2017-yil 29-dekabrga qoldirilgan va ishni ko'rishni qoldirish haqidagi ajrimlar o‘z muddatlarida “SADAF” MChJ huquqshunosi tomonidan qabul qilib olingan.
IPKning 226-moddasi birinchi qismi 5-bandi talablariga ko'ra, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etishi lozim.
Vaziyatga huquqiy baho bering? Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asoslar mavjudmi?
2-kazus
Taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomaga ko'ra shartnoma yuzasidan vujudga keladigan barcha nizolar O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi belgilangan.
Biroq taraf iqtisodiy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan. Ishni sudda ko'rish jarayonida javobgar mazkur nizoni hal etish hakamlik sudining sudloviga tegishliligini asos qilib keltirib, nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to'g'risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering? Sud javobgarning iltimosnomasi bo ‘yicha qanday qaror qabul qilishi lozim?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling