Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy sudlarga hakamlik muhokamasi bilan bog'liq ishlarning taalluqliligi


Download 464.55 Kb.
bet78/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy sudlarga hakamlik muhokamasi bilan bog'liq ishlarning
taalluqliligi


Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan iqtisodiy sud qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
Hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hakamlik sudning hal qiluviga topshirilishi mumkin. Vakolatli sudning hal qiluvida bo‘lgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi yozma kelishuvi, ya’ni hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirdagina nizo hakamlik sudning hal qiluviga topshirilishi mumkinligiga qaratilsin. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13- moddasi birinchi qismiga ko‘ra, hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilishi lozim.
Shu bois agar hakamlik bitimida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lsa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo ham hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi.
Agar hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda hakamlik bitimi ustidan nizolashish masalasi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo iqtisodiy sudida ko‘riladi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishlari, shuningdek hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emas.
Agar nizo ko‘rsatilgan organlar tomonidan tashkil qilingan hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hakamlik sudning hal qiluv qarori IPK 226- moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinadi, hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish haqidagi ariza esa IPK 231-moddasi birinchi qismining 3- bandiga mos holda rad etiladi.
IPKning 25-moddasiga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan iqtisodiy sud qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
Agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa va agar ishning iqtisodiy sudida ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, iqtisodiy sud da’voni ko‘rmasdan qoldiradi.
Bunda “birinchi ariza” deganda javobgarning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar nizo mohiyati bo‘yicha bayon qilgan yozma yoki og‘zaki fikrini tushuniladi.
IPKning 28 va 29-boblari hamda Qonunning 7 va 8-boblariga muvofiq sudga da’voni ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza bilan esa hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa o‘sha taraf murojaat qiladi.
Hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa, ushbu shaxslar bunday hal qiluv qarori ustidan IPKning 279-moddasi to’rtinchi qismining 4-bandiga mos holda hal qiluv qarorini bekor qilish haqida iqtisodiy sudga ariza berishlari mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling