Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet86/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Jumladan, taraflar “J” mas’uliyati cheklangan jamiyati (da’vogar) bilan “S” xususiy korxonasi (javobgar) o‘rtasida 2014 yil 1 mayda 5-sonli pudrat shartnomasi imzolangan imzolangan bo‘lib, mazkur shartnomaga asosan da’vogar “J” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 16.497.300 so‘mlik ishlar bajarilgan.
Da’vogar shartnomaviy majburiyatlarni ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilgan ishlarning natijasini javoblarga topshirgan. Ishlarning bajarilganligi taraflar o‘rtasida tuzilgan bajarilgan ishlarning hisob varaq fakturasi bilan ham o‘z tasdig‘ini topadi. Biroq javobgar tomonidan bajrilgan ishlar uchun to‘lovlar amalga oshirilgan.
Natijada “J” mas’uliyati cheklangan jamiyati shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda javobgar “S” xususiy korxonasi joylashmagan joydagi iqtisodiy sudga qarzdorlikni undirish yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Keyinchalik iqtisodiy sud tomonidan pudrat shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan va undagi sudlovga tegishlilikka oid shartlar ham haqiqiy emas degan xulosaga kelgan.
Shunga ko‘ra sud tomonidan nizo javobgar joylashgan joydagi sud tomonidan ko‘rib chiqilishi lozimligiga asoslanib, ishni boshqa viloyat iqtisodiy sudga o‘tkazish haqida ajrim chiqargan va ishni o‘tkazgan.
Nazarimizda, sudning ushbu xulosasi bo‘lib hisoblanadi, chunki asosiy pudrat shartnomasi va sudlovga tegishlilik haqidagi kelishuv bir-biriga nisbatan mustaqil hisoblanadi.
Bundan tashqari, yuqorida hal etilgan ish bo‘yicha sud o‘zini mazkur ishni hal etishga vakolatsiz deb hisobsa-da, ishni boshqa sudga o‘tkazish haqidagi ajrimda pudrat shartnomasining haqiqiy emasligiga baho bergan holda ishning mazmuniga kirgan, nizo yuzasidan xulosa qilib, uning natijasini oldindan hal qilgan.
Sudlovga tegishlilikning shakli to‘g‘risida Iqtisodiy protsessual kodeksida tegishli norma nazarda tutilmagan. Kelishuvning protsessual xarakteri kasb etishidagi oqibatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, uning shakliga qo‘yiladigan talab fuqarolik kodeksining shartnoma shakli to‘g‘risidagi umumiy qoidalardan kelib chiqishi lozim. Ya’ni Fuqarolik kodeksiga ko‘ra yuridik shaxslarning o‘zaro yoki fuqarolar bilan tuzadigan bitimlari yozma shaklda bo‘lishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling