Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ozod etish. Davlat bojini qaytarish


Download 464.55 Kb.
bet94/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ozod etish. Davlat bojini qaytarish

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 336-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat boji, agar Soliq kodeksi XVII bo‘limida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, iqtisodiy sudga murojaat qilinguniga qadar to‘lanadi. Bunda da’vogar da’vo taqdim qilganda, javobgar qarshi da’vo taqdim qilganda (IPK 160-moddasining ikkinchi qismi), da’vo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ariza taqdim qilganda davlat boji to‘laydi.
Sud alohida hollarda da’vogarning arizasiga ko‘ra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqli. Iqtisodiy sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganida ham davlat bojini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqlidir.
Davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berish manfaatdor tarafning yozma iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Iltimosnoma da’vo arizasida (arizada), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatida yoxud alohida arizada bayon etilishi mumkin. Iltimosnoma xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob raqamida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganligi bilan asoslantirilganda, bu xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Bunday hollarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiy sudning ajrimiga ko‘ra davlat bojini kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdig‘ida umumiy iqtisodiy sudga murojaat qilingan sanadan ko‘pi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy sud tomonidan da’vo arizasi (ariza), apellatsiya va kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilingunga qadar davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi iltimosnoma qabul qilinmaydi.
Iltimosnomada da’vo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini berishda manfaatdor tarafning mulkiy ahvoli davlat bojini belgilangan tartibda to‘lash imkoniyatini bermasligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash asoslari keltirilishi lozim.
Davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi iltimosnoma faqat obyektiv asoslar bo‘lganda va taqdim etilgan hujjatlar davlat boji to‘lash uchun zarur bo‘lgan miqdordagi pul mablag‘lari bank hisob raqamlarida mavjud emasligini tasdiqlagan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunday hujjatlar bo‘lmaganida iltimosnomani qanoatlantirish rad qilinadi.
Iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi da’vo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida da’vo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. Iqtisodiy sudning ajrimda iltimosnomani qanoatlantirish yoxud uni qanoatlantirishni rad etish asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilishi munosabati bilan da’vo arizasi (ariza) va apellatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan umumiy asoslarda shikoyat qilinishi mumkin. Bunday shikoyatlar uchun davlat boji to‘lanmaydi.
Agar sud majlisi kuniga qadar davlat boji to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berilgan bo‘lib, taraf ushbu muddatda uning to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, iqtisodiy sud tomonidan davlat bojini tegishli tarafdan undirish masalasi hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilinganda hal etiladi. Agar iqtisodiy sud da’vo talablarini (shikoyatni) qanoatlantirsa, davlat boji ikkinchi tarafdan bevosita byudjet daromadiga undiriladi. Da’vo talablarini (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilganda davlat boji uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berilgan shaxsdan budjetga undiriladi.
Davlat boji naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi. Davlat boji naqd pulsiz shaklda to‘langanligi xizmat ko‘rsatuvchi bankning belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalari hamda pul qabul qilinganligi va davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyalar (asli) da’vo arizalari (arizalar), apellatsiya va kassatsiya shikoyatlariga ilova qilinadi hamda ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Mulkiy nizo bo‘yicha iqtisodiy sudga da’vo arizasi berilganda, agar da’vo qiymati, shartnoma summasi chet el valyutasida belgilangan bo‘lsa, davlat boji, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi iqtisodiy protsessual qonunchiligimizda davlat boji to‘lovidan ozod qilish mumkinligi belgilangan. Da’vo arizasi (ariza) berilganda Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan davlat organlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek SKning 330- moddasida nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar ozod qilinadilar.
Shuni nazarda tutish kerakki, davlat boji to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari iqtisodiy sudlarga sud hujjatlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilganda ham ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar. Ushbu qoida ular sud protsessida javobgarlar sifatida ishtirok etgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarida ayrim davlat organlari, vazirliklar, qo‘mitalar, jamg‘armalar, jamoat birlashmalari, agentliklar, xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari, fermerlar kengashlari va jismoniy shaxslar Iqtisodiy sudlarga murojaat qilgani uchun davlat boji to‘lovidan ozod qilinishi belgilangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 1602-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi nizomda Adliya vazirligi davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilishga haqli ekanligi belgilangan. Shuningdek, 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangi tahrirdagi) qonunning 41-moddasida prokuror arizasidan davlat boji olinmasligi mustahkamlangan.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling