Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet92/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Davlat boji - yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to'lovdir.

Sud chiqimlari - sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlar, sud majlisisni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, iqtisodiy sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko‘zdan kechirish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan va boshqa xarajatlardir.
Iqtisodiy sudda ishni qo‘zg‘atish uchun davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov hisoblanadi, sud chiqimlari esa manfaatdor shaxslarni ayrim harakat va talablarini bajarishi bilan bog‘liq to‘lovdir.
Davlat boji qonunda qat’iy belgilangan miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul summasi bo‘lsa, sud chiqimlari esa da’vo qiymatiga bog‘liq bo‘lmay bajarilgan sarf xarajatlarga asosan undiriladi. Shuningdek, davlat boji davlat budjeti hisobiga undiriladi, sud xarajatlari (chiqimlari) esa sudning depozit hisobiga tushadigan mablag‘ hisoblanadi va belgilangan tartibda sarf qilinadi.
Iqtisodiy sudlarda sud xarajatlari undirilishidan ko‘zlangan maqsadlar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy sudlarga taalluqli nizolarni hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash;
Iqtisodiy sudlarga asossiz murojaat etish holatlarini oldini olish;
nizoning kelib chiqishida sababchi bo‘lgan javobgarni yoki asossiz sudga murojaat etgan da’vogarni moddiy ko‘rinishda jazolash vositasi.

  1. Davlat boji. Da'vo bahosi. Davlat boji stavkalari

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganligi (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to'lovdir.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq davlat boji majburiy to'lovlar ro'yxatiga kiritilgan. Davlat boji O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va davlat boji to'g'risidagi boshqa qonun hujjatlariga asosan undiriladi. Davlat bojining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O'zlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so'rab iqtisodiy sudlarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolar, chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega fuqarolar) davlat bojini to'lovchilardir.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 113-moddasi va Soliq kodeksi 328-moddasining 2-bandiga muvofiq quyidagilar uchun davlat boji to'lanadi:
da'vo arizalari;
tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalar;
nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar qo‘yadigan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalar;
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalar;
iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, shuningdek ish yuritishni tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish, sud jarimalari solish to‘g‘risidagi ajrimlari ustidan berilgan apelyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalar;
iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi, ijro varaqasi berishni rad etish to'g'risidagi ishlar bo'yicha ajrimlari ustidan berilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
davlat boji sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizalardan va Iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun undiriladi.
Da'vo talablari ko'paytirilganida davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda da'voning ko'paygan summasiga muvofiq undiriladi. Da'vo qiymati kamaytirilganda to'langan boj qaytarilmaydi. Davlat bojining miqdori, uni to'lashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Alohida hollarda sud da'vogarning arizasiga ko‘ra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to'lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to'lash uchun ruxsat berishga haqli.
Da'vo baholanishi lozim bo'lsa, da'vo arizasida da'voning bahosi ko'rsatilishi kerak. Da'vo bahosining ko'rsatilishi davlat boji to‘g‘ri to'langanligini tekshirish uchun zarur, chunki belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘lanmaganda, iqtisodiy sud IPK 155-moddasi birinchi qismining 6- bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytaradi. Sudga murojaat qilgan taraf davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli, sud iltimosnomani qanoatlantirilgan hollar da’vo ariza iqtisodiy sudning ish yurituviga qabul qilinadi.
Da’vo bahosini aniqlanishi davlat boji to‘lovini to‘g‘ri hisoblash imkonini beradi. Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’voning bahosi talab qilinayotgan summadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mulk huquqini tan olish, shuningdek huquqiy munosabatning mavjud emasligini tan olish (masalan, shartnomani haqiqiy emas deb topish) to‘g‘risidagi da’volar baholanmaydi. Bunday da’volar bo‘yicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi da’vo arizalari uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling