Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet95/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Davlat boji to‘lovidan ozod qilingan sub’ektlar va da’vo talablari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 330-moddasida keltirilgan.
Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

  1. qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha;

  2. tadbirkorlik sub’ektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

  3. arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar bo‘yicha;

  4. da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;

  5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar bo‘yicha;

  6. nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

  7. xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

  8. xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

  9. tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‘lash va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da’volar yuzasidan;

  10. nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;

  11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari — zarar yetkazuvchidan quyidagi summalarni undirish to‘g‘risidagi regress da’volar bo‘yicha:

jabrlanuvchiga yoki uning oila a’zolariga to‘langan pensiyalar va nafaqalar summalarini;
benzinga, avtomototransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar olish, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini;

  1. da’vogarlar va javobgarlar — sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;

  2. O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi bo‘linmalari — qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan bank kreditlarini to‘lamaslik xavfini hamda qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish, shuningdek fyuchers shartnomalari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan beriladigan mablag‘larning qaytarilishini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovoni uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;


  4. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling