Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet93/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Da'voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:

  • pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha undiriladigan summaga qarab;

  • ijro etish hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha nizolashilayotgan summaga qarab;

  • mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha shu mol-mulkning qiymatiga qarab;

  • yer uchastkasini talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha yer uchastkasining belgilangan bahoda, bahosi bo‘lmasa - bozor bahosida chiqarilgan qiymatiga qarab.

Da’vo taqdim etilgan paytda talab qilib olinayotgan mol-mulkning bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, odatda, taxminiy xarakterga ega, chunki da’vogarda mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlash majburiyati yo‘q. Shu sababli sudning talab qilinayotgan mol-mulk bahosining kamaytirilishi munosabati bilan arizachi tomonidan davlat boji kam miqdorda to'langanligi to'g'risidagi taxmini, da'vo arizasini qaytarish uchun asos bo'lmaydi. Iqtisodiy sud talab qilinayotgan mol- mulkning bahosi kamaytirilgan deb topgan hollarda va ishni ko'rish davomida mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlaganda, davlat bojining yetishmayotgan qismi ishni ko'rish natijalari bo'yicha undirilishi kerak.
Da'voning bahosiga da'vo arizasida ko'rsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi. Agar da'vo arizasida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag'laridan foydalanganlik uchun foizlarni undirish to'g'risidagi talablar mavjud bo'lsa, da'vo bahosiga ushbu foizlar ham kiritiladi.
Da'vogar o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha talabni bitta da'vo arizasida birlashtirishga haqli. Bunday hollarda da'vo bahosi barcha talablarning summasiga qarab aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 337- moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashgan da'vo talablari alohida ish yuritish uchun ajratilgan taqdirda, da'vo taqdim etilganda to'langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yuritishga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor to'lanmaydi. Da'voning bahosi noto'g'ri ko'rsatilgan taqdirda u iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi. Davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qaytarilishi kerak. Iqtisodiy sudning hujjjatida davlat bojini to'liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo'ladigan holatlar ko'rsatiladi.
Davlat boji to'langan, lekin iqtisodiy sudga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bo'yicha hamda bojni to'liq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari bo'yicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bir necha da'vogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan IPK 44-moddasining birinchi qismi tartibida da'vo taqdim etilganda, davlat boji da'voning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va da'vogarlar tomonidan ular qo'ygan talablar ulushiga mutanosib tarzda to'lanadi.
Apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari berilganda sud hujjatining faqat undirish yoki undirishni rad etish qismi shikoyat qilinayotgan bo‘lsa, davlat boji shikoyat qilinayotgan summadan kelib chiqib hisoblanadi.
Sud hujjati faqatgina davlat bojini undirish qismida shikoyat qilinayotgan holda davlat boji to‘lanmaydi.
IPK 139-moddasiga asosan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi. Shuningdek, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha to‘lanadigan (undiriladigan) davlat boji miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Soliq kodeksi 337-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud dastlabki da’vogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda to‘lashi kerak. Ushbu holda dastlabki da’vogar tomonidan to‘langan davlat boji unga qaytarilmaydi. Da’vo arizasi da’vogar tomonidan davlat boji to‘lanmasdan taqdim etilganda va u huquqiy voris bilan almashtirilganda, davlat boji huquqiy vorisdan undiriladi. Uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan kirish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Davlat boji stavkalari da’vo talabi qaysi pul birligida ekaniga va subyektlar doirasiga qarab undirilishi belgilangan. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar da’vo arizalarini (arizalar), apellatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berganda, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat bojini umumiy asoslarda to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan 1993 yil 24 dekabrda Ashxobod shahrida “Turli davlatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarini hal etishda davlat bojlari miqdori va uni undirib olish tartibi to‘g‘risida”gi bitimni imzolagan MDH davlatlar-ishtirokchilarining birini hududida joylashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekti boshqa davlatning sudiga da’vo bilan murojaat qilganida, davlat boji ushbu Bitimda belgilangan tartibda va stavkalarda hisoblab chiqiladi hamda to'lanadi.
Da'vo arizalari so'mlarda berilganda davlat boji miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorga muvofiq Iqtisodiy sudlarga beriladigan da'vo arizalaridan va iqtisodiy sudning qarorlarini qayta ko'rib chiqish haqidagi arizalaridan undiriladigan davlat bojining quyidagi stavkalari belgilangan:

a)

mulkiy tusdagi da'vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda

b)

qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi da'vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida

d)

mulkka oid bo'lmagan tusdagi da'vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini to'la yoki qisman haqiqiy emas deb e'tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek jamoa xo'jaliklarining, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida

e)

bankrotlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida

f)

xo'jalik shartnomalarini tuzish, o'zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo'yicha da'vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida

g)

Iqtisodiy sudlarning qarorlarini qayta ko'rib chiqish haqidagi arizalardan

birinchi instansiyada ko'rib chiqish uchun ariza berilganda to'lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo'yicha esa talashilayotgan summadan hisoblar

h)

iqtisodiy sud qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida

j)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to'g'risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to'g'risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 2 baravari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a”- “d” va “j” kichik bandlarida ko'rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to'laydilar.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling