Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet88/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Yana bir holat, agar aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitimni tuzish qoidalariga zid ravishda bitim tuzilgan bo‘lsa-yu, aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan o‘zaro kelishuvga ko‘ra ushbu jamiyat bilan bog‘liq nizoni hal etishning sudlovlilik qoidalariga rioya qilgan holda bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilganlarida, ushbu sudlovlilik yuzasidan tuzilgan kelishuv yirik bitimning boshqa tarafi bo‘lgan javobgarga nisbatan ham tatbiq etiladimi?
Bir tarafdan olib qaraydigan bo‘lsak, da’vogarning shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik tarafi bo‘lmagan javobgarning ishtirokisiz da’voni sudda ko‘rib chiqishning imkoniyati mavjud emas. Yuqorida nazarda tutilgan holatlarda da’vogar bilan javobgarlan biri o‘rtasida tuzilgan sudlovga tegishlilik haqidagi kelishuvga asosan da’vo taqdim etib bo‘lmaydi, chunki ikki shaxs o‘rtasidagi kelishuv shartnomani tuzishda ishtirok etmagan shaxsning huquqiy holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas.
Biroq ushbu noaniqlikka O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi orqali tushuntirish berilishi maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, sudlar tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalarining buzilganligi sud hujjatini bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin yoki mumkin emasligi holatiga to‘xtalib o‘tsak.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 279-moddasi 3-qismiga ko‘ra protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, agar bu buzilish noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, hal qiluv qarorini yoki qarorni o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilgan.
Biroq Iqtisodiy protsessual kodeksda sudlar tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalarining buzilganligi uchun sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilmagan.
Ushbu holat turli munoazaralarga sabab bo‘lgan, ba’zilar sudlovga tegishlilik qoidalarining buzilganligi sud hujjatini bekor qilish uchun asos bo‘lmasligini, ya’ni nizo boshqa organ tomonidan emas, aynan sud tomonidan ko‘rib hal etilganligi bilan asoslashsa, ayrim nazariyotchi va amaliyotchilar nizo qonun bo‘yicha tegishli vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqilishi aks holda ish noqonuniy tarkibda ko‘rilganligi bilan tenglashtirishadi.
Izoh: Fikrimizcha, agar ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish jarayonida taraflar ish sudloviga tegishlilik qoidalari buzilgan holda qabul qilinganligi haqida sudga e’tiroznoma bilan murojaat qilib, biroq u sud tomonidan rad etilgan taqdirda yuqori turuvchi instansiyalar tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalari buzilganligi masalalarini ko‘rib chiqishi mumkin, ushbu holatda apellatsiya instansiyasi sudi sudlovga tegishlilik qoidalari buzilganligini aniqlasa, sud hujjatini bekor qilishi va sudlovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha ishni ko‘rishi lozim bo‘lgan vakolatli sudga yangidan ko‘rish uchun yuborishi lozim.
Agar ish birinchi instansiya sudida ko‘rish jarayonida taraflardan birortasi sudlovga tegishlilik qoidalari buzilganligi haqida e’tiroz bildirmasa, keyinchalik ular ushbu tegishlilik qoidalari buzilganligi haqida e’tiroz bildira olmaydilar.
Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlari bir xil mustaqillikka ega va o‘zlariga taalluqli iqtisodiy ishlarni hal etishda xolisdirlar.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling