Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet84/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Birinchidan, Iqtisodiy protsessual kodeksining 34-moddasi 1-qismiga ko‘ra turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan da’volar da’vogarning tanlashi bo‘yicha javobgarlardan biri davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Aynan da’vogarga nizoning hududiy sudlovliligini belgilash huquqi beriladi. Masalan, da’vo uchta javobgarga nisbatan qaratilgan bo‘lsa, aytaylik ular Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlarida davlat ro’yxatidan o’tgan bo‘lsa, da’vo arizasi mazkur viloyatlar iqtisodiy sudlarining bittasiga taqdim etilishi mumkin. Demak, ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasida joylashgan javobgarlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ikkinchidan, Iqtisodiy protsessual kodeksining 34-moddasi 2-qismi davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday holatda hududiy sudlovlilikning umumiy qoidasi tatbiq etilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-mulki joylashgan yerdagi yoki uning ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeridagi sudga taqdim etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da’volar da’vogar joylashgan erda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan yerda taqdim etilishi mumkin. Ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da’volar majburiyat ijro etiladigan joy bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
Mol-mulk deganda Fuqarolik kodeksining 81-moddasiga ko‘ra har qanday ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, mulkiy huquqlar, va boshqalar bo‘lishi mumkin. Aytaylik, javobgarning ma’lum bir bankdagi pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa, da’vo ushbu bank joylashgan joydagi sudga taqdim etilishi mumkin. Agar javobgar ma’lum bir bino yoki inshootga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lsa, da’vo ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Uchinchidan, Iqtisodiy protsessual kodeksining 34-moddasi 3-qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da’volar da’ vogar joylashgan yerda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan yerda taqdim etilishi mumkin. Ushbu norma quyidagi shartlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
javobgarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashganligi yoki yashashi;
ushbu javobgarning O‘zbekiston Respublikasida mol-mulkka egaligi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling