Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet87/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Biroq sudlovga tegishlilik haqidagi kelishuvga moddiy huquq normalari va uning huquqiy oqibatlari qo‘llanilmaydi. Protsessual qonunchilikning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda shartnomaviy sudlovga tegishlilik haqidagi kelishuvning shakliga oid protsessual normalarni ishlab chiqish lozim.
Hududiy sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi shartnoma har qanday shaklda, masalan, alohida kelishuv, asosiy shartnomaga kiritilgan kelishuv tarzida tuzilishi mumkin. Sudlovlilikning umumiy qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv iqtisodiy sud tomonidan da’vo ishning yurituvi qabul qilinguniga qadar, ya’ni sud tomonidan da’vo arizasining yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilguncha tuzilishi lozim. Ushbu talabga rioya qilinmagan holda tuzilgan kelishuv hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi va u iqtisodiy sudtomonidan qabul qilinmasligi lozim.
Shartnomaviy sudlovlilik qoidalari asosida sudlovlilikni aniqlashda, agar da’vo bir nechta javobgarga qaratilgan bo‘lsa-yu, lekin ularning bittasi bilan da’vogar o‘rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risida kelishuv bo‘lsa, ushbu da’voning sudlovga tegishliligi masalasini ushbu kelishuv bilan aniqlanishi mumkin emas va hududiy sudlovlilikning umumiy qoidalaridan kelib chiqib masalani hal etish lozim.
Shuningdek, sudlovga tegishlilikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv nafaqat taraflar, balki sud uchun ham majburiydir. Sudya tegishli tartibda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga haqli emas va uni ish yurituvga qabul qilishi lozim.
Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor “Turanov Akmal Tolipovich” va qarzdor “Zamin” xususiy korxonasi o‘rtasida 2013 yil 2 martda 02/03-sonli pudrat shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra “Zamin” xususiy korxonasi buyurtmachi va yakka tartibdagi tadbirkor “Turanov Akmal Tolipovich” pudratchi bo‘lgan.
2013 yil 10 noyabrda kreditor yakka tartibdagi tadbirkor “Turanov Akmal Tolipovich”, yangi kreditor “Turon” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi va qarzdor “Zamin” xususiy korxonasi o‘rtasida talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 313-moddasiga ko‘ra majburiyat asosida kreditorga tegishli bo‘lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o‘tishi mumkin.
Mazkur kodeksning 315-moddasiga ko‘ra, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq o‘tish paytida mavjud bo‘lgan hajmda va shartlar asosida o‘tadi. Xususan, yangi kreditorga majburiyatning bajarilishini ta’minlaydigan huquqlar, shuningdek talab bilan bog‘liq boshqa huquqlar, shu jumladan to‘lanmagan foizlarga huquq ham o‘tadi.
Aniqlanishicha, taraflar o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasida nizo da’vogar joylashgan joydagi iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilishi haqida kelishib olingan.
Shunga ko‘ra “Turon” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi o‘zi joylashgan joydagi iqtisodiy sudga murojaat qilgan.
Biroq sud tomonidan Iqtisodiy protsessual kodeksning118-moddasi 1-qismi 3-bandiga mos ravishda ish mazkur iqtisodiy sudning sudloviga tegishli emasligi asosida da’vo arizasi qaytarilgan. Sud tomonidan asos sifatida talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida taraflar da’vogar joylashgan joydagi sudda da’volar ko‘rib chiqilishi haqida kelishib olinmaganligi, Iqtisodiy protsessual kodeksning 27-moddasida nazarda tutilgan umumiy qoidaga ko‘ra, da’volar javobgar joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga taqdim etilishi keltirilgan.
Nazarimizda, Iqtisodiy protsessual qonunchiligiga talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasidan kelib chiqadigan da’volar dastlabki shartnomada nazarda tutilgan kelishuvga ko‘ra yoki da’vogarning tanlashi bo‘yicha sudlovga tegishlilik qoidalari asosida hal etilishiga oid me’yorlarni kiritish lozim, bu esa ishlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqilishiga, odil sudlovning tadbirkorlik yoki boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi manfaatdor shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish vazifasini hal etilishiga imkon yaratadi.
Agar da’vogar bir nechta javobgarning bittasi bilan shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik yuzasidan kelishuvga erishgan bo‘lsa, ushbu holatda da’vogar bir nechta javobgarga nisbatan da’vo taqdim etayotganida mazkur kelishuvga asoslanib sudga murojaat qilishi mumkinligi masalasi ham dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, amaliyotda qarzdorning roziligisiz kafillik shartnomasida sudlovga tegishlilik masalalari haqida kelishuvga erishilishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga ko‘ra, qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa.
Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda da’vogarning bir nechta da’vogarga nisbatan da’vo bilan murojaat qilish huquqi vujudga keladi. Ushbu holatda kreditor kafil bilan tuzilgan kelishuvga asosan sudga murojaat qilish huquqiga egami?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling