Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet10/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessida da’vo - qonunda belgilangan protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga qaratilgan bir yoki bir necha shaxsning (da’vogarning) o‘zining buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida birinchi instansiya sudiga boshqa shaxs yoki bir necha shaxslarga (javobgarga) nisbatan moddiy huquqqa asoslangan talabidir.
Da’voning predmeti - da’vogarning talabi, ya’ni uni javobgardan talab qilayotgan narsasi bo‘ladi.
Da’voning asosi - bu da’vo talabini tasdiqlaydigan dalillar tushuniladi.
Da'vo taqdim etish huquqi - bu manfaatdor shaxsning protsessual tartibda subyektiv moddiy huquqini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdir.
Da'voni ta'minlash - iqtisodiy sud tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini kafolatlaydigan qonunda nazarda tutilgan choralarning qabul qilinishidir.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash - iqtisodiy protsessining mustaqil bosqichi bo‘lib, ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishiga qaratilgan harakatlar yig‘indisidir.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi - real vaqt rejimida telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida audio va videoaxborotlar almashinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishni ko‘rayotgan sud va sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud o‘rtasidagi interaktiv o‘zaro ta’sir qilish yo‘li bilan masofadan sud majlisini o‘tkazish tushuniladi.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish - ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi kunini belgilab, nizoni mazmunan ko‘rishni kechiktirish hisoblanadi.
Sud majlisining bayonnomasi - ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ayrim potsessual harakatlarni bajarganliklarini tasdiqlaydigan yozma protsessual hujjatdir.
Kelishuv bitimi - o‘zaro kelishishga asoslangan, da’vo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan nizoni hal qilish to‘g‘risidagi taraflarning yozma kelishuvidir.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling