Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


O‘zbekiston Respublikasining qonunlari


Download 464.55 Kb.
bet18/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari iqtisodiy protsessual huquqning manbasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Xususan, iqtisodiy sudlar tomonidan nizoni hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalariga tayangan holda ishni ko‘rish va sud qarorini chiqarish muhim shartlardan biri sanaladi. Shu ma’noda iqtisodiy protsessual huquqning vujudga kelishi va tartibga solish mexanizmini tahlil qilganda uning tarkibiy qismi moddiy va protsessual huquq normalari orqali harakatga keladi yoki ushbu huquq sohasining yashash shakli sifatida ko‘rinadi. Hozirda respublikamizda fuqarolik, iqtisodiy, tadbirkorlik, tijorat, investitsiya va boshqa turdosh huquqlarni tartibga soluvchi, tom ma’noda olganda iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab qonunlar qabul qilinmoqda.

  1. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish tushunchasi, vazifasi va turlari

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish deganda iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlarning nizo predmeti, nizoning toifalari, nizolashuvchi subyektlar tarkibi, ishning taalluqliligi va sudlovliligi kabi xususiyatlariga ko‘ra iqtisodiy sudlar tomonidan ko'rib hal qilinishiga aytiladi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 2-moddasida iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
birinchisi iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
ikkinchisi iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
uchinchisi qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiy protsessual huquqi sud ishlarini yuritishning quyidagi turlarini nazarda tutadi:

■ ■ ■ ■ ishlar;
■ ■
■ ■
da’vo tartibida yuritiladigan ishlar;
sud buyrug‘ini berishga oid ishlar;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar;
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar;
korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish;
huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar;
chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish;


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling