Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet26/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, IPKning 10-moddasi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 10-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining qabul qilinishi sud ishlari yuritiladigan til prinsipini huquqiy jihatdan yana bir bor mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunining 8-moddasi ikkinchi qismida sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanishi belgilangan.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslarga jarayonning tushunarli, shu bilan birga sudda ish ko‘rishning tarbiyaviy xarakterda bo‘lishini ta’minlaydi. Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga rioya etilishi ish holatlarini to‘g‘ri aniqlashiga qonuniy, asosli hal qiluv qarori chiqarilishiga ko‘maklashadi.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga binoan iqtisodiy sudda sud ishlari qaysi tilda va yozuvda olib borilgan bo‘lsa, o‘sha tilda va yozuvda sud majlisi bayonnomasi va sud qarori yozilgan bo‘lishi shart.
Eslab qoling!
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 279-moddasiga binoan ishni ko‘rishda sud ishi yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalarning buzilishi protsessual huquq normalarining buzilishi hisoblanib, har qanday holda ham birinchi instansiya iqtisodiysudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling