Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet23/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Yuridik adabiyotlarda ham iqtisodiy protsessual huquqi prinsiplarini tasnifi to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. Masalan, huquqshunos olim Sh.Sh.Shoraxmetov iqtisodiy protsessual huquqi prinsiplarini ikki guruhga: sud tuzilishi hamda sud ishlarini yuritishga oid umumiy prinsiplarga va faqat sud ishlarini yuritishga xos prinsiplarga ajratadi.
F.Ibratova iqtisodiy protsessual huquq prinsiplarini konstitutsiyaviy hamda iqtisodiy protsessual huquqida mustahkamlangan prinsiplarga ko‘ra tasniflaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot sohasi va uni boshqarish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy nizolar yuzasidan odil sudlovni amalga oshirishning konstitutsiyaviy prinsiplariga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tizimi yagonaligi prinsipi, odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi prinsipi, sudyalarning saylanishi va tayinlanishi prinsipi, iqtisodiy sudlari sudyalarining mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi, iqtisodiy sudlari sudyalarining daxlsizligi prinsipi, sud ishlarini yuritishning oshkoraligi prinsipi sud ishlarini yuritishda til prinsipi; sud hokimiyati hujjatlarining majburiyligi prinsipi. Iqtisodiy protsessual huquq tomonidan mustahkamlangan prinsiplar: qonuniylik prinsipi, dispozitivlik prinsipi, qonun va sud oldida tenglik prinsipi, ishlarni yakka va hay’atda ko‘rilishi prinsipi, protsessning ko‘p marotaba bo‘lishi prinsipi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsipi, sud muhokamasining og‘zakiligi prinsipi, sud muhokamasining bevositaligi prinsipi, taraflarning vakilligi prinsipi, sud muhokamasining uzluksizligi prinsipi.
Iqtisodiy protsessual huquq prinsiplarini turli xil mezonlarga ko‘ra tasniflash amalga oshirilgani bilan ular o‘zaro aloqador hamda chambarchas bog‘liqdir. Chunki prinsiplardan ba’zilari boshqa prinsiplarning qoidalarini to‘ldiradi va rivojlantiradi, boshqa hollarda ayrim prinsiplar boshqalarining kafolati sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, birgina dalillarni tekshirishning bevositaligi prinsipining buzilishi qoida tariqasida boshqa prinsip - qonuniylik prinsipining yoki butun prinsiplar zanjirining buzilishiga olib keladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling