Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud muhokamasining bevositaligi prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet31/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud muhokamasining bevositaligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi IPKning 12-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud ishni ko‘rishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
Ushbu prinsipga binoan iqtisodiy sudlar ishni ko‘rayotganida ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatmalarini, ekspertlarning xulosalarini eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishi shart. Sud bevosita faqat taraflarning tushuntirishlarini eshitish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki uchinchi shaxslarning, prokurorning fikrini ham eshitishi kerak. Chunki ish bo‘yicha ishtirok etayotgan uchinchi shaxs yoki prokurorning fikri nizoni to'g'ri, adolatli hal etishda u yoki bu darajada yaxshi natija beradi.
Bevositalik prinsipi ish bo'yicha faqat dalillarni tekshirishdangina iborat bo'lmay, balki butun sud muhokamasi vaqtida sud tarkibining o'zgarmasligini ham kafolatlaydi. Masalan, sudya sud muhokamasining tayyorlash qismida almashtirilsa, dastlabki sud tarkibi dalillarni hali tekshirmagan bo'lsa ham, ish boshidan qayta ko'rilishi kerak. Shuningdek, agar sudya sud muzokarasi vaqtida sud majlisi zalidan chiqib ketsa yoki taraflarning so'zlarini boshqa aloqa vositalari orqali eshitishi ushbu prinsipning buzilishiga sabab bo'ladi.
Bevositalik prinsipining eng qo'pol tarzda buzilishi, ya'ni hal qiluv qarori sudyalardan birortasi tomonidan imzolanmagan bo'lsa yoki hal qiluv qarorida ko'rsatilmagan sudyalar tomonidan imzolangan bo'lsa yoki hal qiluv qarori ishni ko'rgan tarkibdagi sudyalardan boshqa sudyalar tomonidan qabul qilingan bo'lsa, protsessual huquq normalarining buzilishi hisoblanib, sud hal qiluv qarorini bekor bo'lishiga olib keladi (IPKning 279-moddasi).
Iqtisodiy protsessual qonunchiligi ayrim hollarda bevositalik prinsipidan chetga chiqishga ruxsat beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 91-moddasiga binoan, ishni ko‘rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli. Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi kerak bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va u ajrim olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak. Demak, mazkur holatda iqtisodiy ishni ko‘rayotgan sud o‘zi protsessual harakatlarni bevosita amalga oshirmasa ham, bevositalik prinsipi buzilgan hisoblanmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling