Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Erkin huquq (dispozitivlik) prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet29/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Erkin huquq (dispozitivlik) prinsipi iqtisodiy sud ishlarini yuritishni harakatga keltiruvchi prinsip hisoblanadi.
Iqtisodiy protsessual huquqda erkin huquq prinsipi - bu o'zining yoki boshqa shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy protsessni vujudga keltirish, harakatlantirish va tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual huquqlardan foydalanish erkinligidir.
Erkin huquq prinsipiga muvofiq, iqtisodiy ishlari umumiy qoidaga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tashabbuslari ta’siri ostida qo‘zg‘atiladi, rivojlantiriladi, o‘zgartiriladi, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tadi va o‘z xohishiga ko‘ra tugatiladi. Ushbu prinsipning vujudga kelish asoslari iqtisodiy ish yuritishning barcha bosqichlarini qamrab olib, iqtisodiy ishini qo‘zg‘atish bosqichidan ijro bosqichiga qadar nizoni hal qilishda amal qiladi.
Erkin huquq prinsipi mazmunini iqtisodiy sud ishlarini yuritishda da’vo qo‘zg‘atish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish, kelishuv bitimi tuzish, sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) berish, qarshi da’vo keltirish tashkil etadi.
IPK 157-moddasida ko‘rsatilishicha, da’vogar ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Da’vogar ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda tegishli sud instansiyasida ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Sud da’voning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud da’vodan voz kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonun hujjatlariga zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 131-moddasiga ko‘ra taraflar nizoni kelishuv bitimini tuzib hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

  1. uning shartlari qonun hujjatlariga zid bo‘lsa;

  2. uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;

  3. u shart asosida tuzilgan bo‘lsa.

Iqtisodiy sudga murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Mazkur huquqiy norma ham iqtisodiy sudga murojaat qiluvchi shaxslarning erkin huquq prinsipidan foydalanishga yana bir bor imkoniyat beradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling