Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet30/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi IPKning 9-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudida sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Tortishuvchilik prinsipi iqtisodiy sud ishini yuritish hamda iqtisodiy sudlar tomonidan qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun qulay sharoit yaratadi.
Yuridik adabiyotlarda tortishuvchilik prinsipi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxs iqtisodiy ish to‘g‘risida arz qilishi, bayonotlar berishi, e’tiroz bildirishi, iltimoslar qilishi, sudga dalillar topshirish bilan o‘zining haqligini isbotlashi, ish mazmuni bo‘yicha o‘z fikrlarini aytishi mumkin; ikkinchidan, prokuror ish holatlarini isbotlashi, ishning ayrim masalalari yuzasidan, shuningdek hamma ish bo‘yicha sudga o‘z fikrini berishi mumkinligi yoki tortishuvchilik prinsipi nizolashayotgan taraflarning qarama-qarshi moddiy huquqiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lib, sudda ish yuritishning boshidan oxirigacha taraflar bir biri bilan protsessual qarama qarshilikda bo‘lishini bildirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Darhaqiqat, iqtisodiy protsessda tortishuvchilik butun protsess davomida da’vogar va javobgarlarning huquqiy baxslashuvi shaklida ro‘y berishida ifodalanadi. Taraflar o‘z talab va e’tirozlarni isbotlash uchun sudga dalillar taqdim etadilar va tushuntirishlar beradilar. Iqtisodiy protsessda tortishuvchilik prinsipi shundan iboratki, taraflar asos sifatida keltirayotgan dalillar doirasini o'zlari belgilaydilar.
Tortishuvlik prinsipiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilayotganda huquqiy ta'sir choralarini qo'llash uchun asos bo'lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi (IPKning 68-moddasi).
Taraflar tortishuvi orqali obyektiv haqiqat aniqlanadi. Chunki tortishuvchilik prinsipi sudga ishni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli darajada imkon beradi.
Taraflarning teng huquqliligi prinsipi bir tomondan ularning protsessual huquqlarining to‘liqligini, ikkinchi tomondan protsessda taraflarning holati sudga nisbatan tengligini ifoda etadi. Taraflarning teng huquqliligi prinsipiga mulkiy jihatdan emas, balki protsessual nuqtayi nazardan yondashish kerak. Shuning uchun ham taraflarning teng huquqliligi protsessual ma’nodagi tengligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu protsessual ma’nodagi tenglik taraflarning protsessual huquqlardan teng foydalanishi, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda IPKda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Sud ishlarini yuritishda taraflarning teng huquqliligi prinsipini teng protsessual imkoniyatlar sifatida tushunish lozim. U nafaqat protsessual huquqlar, balki protsessual majburiyatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aynan shu prinsipga asosan bir tarafga ruxsat etilmagan barcha narsalar, ikkinchi tarafga ham man etilgan, bir tarafga yuklatilgan majburiyatlar ikkinchi tarafga ham yuklatiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling