Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqining maxsus prinsiplari


Download 464.55 Kb.
bet28/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqining maxsus prinsiplari

Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda iqtisodiy protsessual huquqning maxsus, ya’ni ushbu huquq sohasi uchun amal qiladigan, funktsional prinsiplari mavjud. Ushbu prinsiplarga ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish, erkin huquq, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi, sud muhokamasining bevositaligi, og‘zakilik, chet davlat huquqi normalarini qo‘llash prinsiplarini kiritish mumkin.
Ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish prinsipi. Ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish prinsipi iqtisodiy protsessda ishtirok etuvchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, IPK va boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shartligini bildiradi. Ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish prinsipi odil sudlovni amalga oshirishni, huquqni to‘g‘ri qo‘llashni, sud hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishini, yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi sudlarning hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshirib chiqishni ta’minlab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 13-moddasiga ko‘ra sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. Sud ishni ko‘rishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi. Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal qiladi.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
Sud O‘zbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling