Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqning konstitutsiyaviy prinsiplari


Download 464.55 Kb.
bet24/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqning konstitutsiyaviy prinsiplari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, qonun va sud oldida tenglik, sud ishlari yuritiladigan til, sud muhokamasining oshkoraligi, sud hujjatlarining majburiyligi kabi sud ishlarini yuritishning konstitutsiyaviy prinsiplarining mustahkamlanishi iqtisodiy sud ishlarini yuritish tartib-taomillarni belgilab berishda fuqarolar va tashkilotlarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari iqtisodiy sudlar tomonidan samarali himoya qilinishini amalda ta’minlaydi.
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 6-moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra iqtisodiy ishlar bo‘yicha odil sudlov IPKda belgilangan qoidalar bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
Odil sudlovni faqat sudlar tomonidan amalga oshirilish prinsipi nafaqat iqtisodiyprotsessual huquqiga, balki fuqarolik protsessual huquqi, jinoyat protsessual huquqiga ham xos konstitutsiyaviy prinsip hisoblanib, o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra huquqiy munosabatning turidan qat’i nazar, faqat odil sudlovni amalga oshiradi. Demak, odil sudlovni sud tizimining qaysi bo‘g‘inidagi sudlar amalga oshirishidan qat’i nazar, ularning asosiy vazifasi fuqarolar, korxona, muassasa hamda tashkilotlarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, qonuniy, asosli va adolatli hukm, hal qiluv qarorlari qabul qilishdir. Bu esa mazkur prinsipni ushbu huquq sohalari uchun mushtarakligidan dalolat beradi.
Qonun va sud oldida tenglik prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, IPKning 7-moddasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida belgilangan. Mazkur prinsip iqtisodiy sud ishlarini yuritishga xos konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 7-moddasiga ko‘ra sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligidan, kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qat'i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Qonun va sud oldida tenglik prinsipi odil sudlovni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. O‘z mazmuniga ko‘ra u barcha iqtisodiy sud ishlari yuritish ishtirokchilariga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, mazkur prinsip chet ellik shaxslarga ham tegishlidir.
Chet ellik shaxslar iqtisodiyot sohasida o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun IPKda belgilangan sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari bilan teng protsessual huquqlardan foydalanadi va protsessual majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar o‘zining yuridik maqomini va iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi dalillarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishi kerak.
Sudlarida O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklovlarga yo‘l qo‘yilayotgan davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan javob tariqasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida cheklovlar belgilanishi mumkin (IPKning 245-moddasi).

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling