Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet20/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessning belgilari:

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Sud-huquq islohotlari sharoitida yangi tahrirdagi Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini tushuntiring.

  2. O‘zbekistonda iqtisodiy sudlarning tashkil topishi va rivojlanishini izohlab bering.

  3. Iqtisodiy protsessual huquq sohasining ilmiy o‘rganilganlik darajasini sharhlab bering.

  4. Iqtisodiy sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikativ texnologiyalarini joriy etishning afzalliklarini ochib bering.

KAZUSLAR:
1-kazus

Da’vogar “I” xususiy korxonasi bilan javobgar “A” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan da’vogar javobgarga 10 000 000 so‘mlik qurilish materiallari yetkazib berishi, javobgar esa olingan mahsulotlar uchun 30 kun ichida kelishilgan mablag‘ni to‘lab berishi lozim edi. Lekin javobgar tomonidan da’vogar talabnoma yuborgandan keyin ham to‘lov amalga oshirilmagan, da’vogar 10 000 000 so‘mni undirish to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Da’vo arizasi ish yurituvga qabul qilinib, sud muhokamasiga tayinlanishi to‘g‘risida ajrim chiqarilib taraflarga yuborilgan. Sud muhokamasida aniqlanishicha, da’vogar tomonidan yuborilgan da’vo arizasi sudga yetib kelmasidan oldin javobgar to‘lovni to‘liq amalga oshirgan.
Sud ushbu holda da’voni qanoatlantiradimi yoki yo‘qmi? Bunday holatda sud xarajatlari kimning zimmasiga yuklatiladi? Nizoni sudgacha hal etish tartibi va kelishuv bitimi haqida nimalarni bilasiz? Uning afzalliklari qanday?
2-kazus
Iqtisodiy sud “Tabiat” shirkat xo‘jaligi da’vosi bo‘yicha “Istiqlol” shirkat xo‘jaligidan12 000 000 so‘m asosiy qarzni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan. “Istiqlol” shirkat xo‘jaligi bu hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, qarorni olgandan keyin ikki oy o‘tgach kassatsiya shikoyatini viloyat iqtisodiy sudi orqali Oliy sudga yuborish uchun topshirgan.
Iqtisodiy sudning sudyasi o‘z ajrimi bilan ushbu hal qiluv qarori bo‘yicha shikoyat apellatsiya instansiyasida ko‘rilmaganligini asos qilib kassatsiya shikoyatini qaytargan.
Sudyaning ajrimi asoslimi? Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish va fuqarolik sudlov ishlarini yuritishning o‘xshash hamda farqli jihatlarini tahlil qiling.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling