Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessning bosqichlari


Download 464.55 Kb.
bet19/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessning bosqichlari

Aksariyat yuridik adabiyotlarda “Iqtisodiy protsessual huquq” fani “Iqtisodiy protsess” fani deb nomlanadi. Iqtisodiy protsess - iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish jarayoni sanaladi, iqtisodiy protsessual huquqi esa ana shu jarayonni o‘rganadi va huquqiy tartibga soladi, protsessual huquq institutlariga oid dolzarb muammolarni aniqlab, ular ustida muhim ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Iqtisodiy protsess bosqichlari - iqtisodiy sudlarda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda nizoni hal qilish maqsadida protsessual harakatlarning tizimli va ketma-ketlikda amalga oshirilishi hamda maqsad va vazifalariga ko‘ra bo‘linishiga aytiladi.
Iqtisodiy protsessual huquqning moddiy shakli iqtisodiy protsess bosqichlari va unda amalga oshiriladigan protsessual harakatlarda ko‘rinadi va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning aniq bajariladigan joyi, tartibi, shakli va mazmuni sifatida ifodalanadi.
Iqtisodiy protsess bosqichlari:

  • birinchi instansiya sudida ish yuritish (2-bo‘lim);

  • apellatsiya instansiyasida ish yuritish (34-bob);

  • kassatsiya instansiyasida ish yuritish (35-bob);

  • nazorat tartibida ish yuritish (36-bob);

  • yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ish yuritish (37-bob);

  • sud hujjatlarini ijro etish ( 5-bo‘lim).

Ish bo‘yicha iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlardan ketma-ketlikda olib boriladi. Har bir bosqichdagi odil sudlov jarayoni mustaqil sud hujjatini qabul qilish bilan yakunlanadi. Ammo muayyan iqtisodiy ish iqtisodiy protsessning barcha bosqichlaridan o‘tishi shart emas. Ishni ko‘rish birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilinishi bilan yakunlanib, boshqa bosqichlarni chetlab ijro bosqichiga ham o‘tishi mumkin. Agar sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan bo‘lsa, ish apellatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgandan keyingina ijro bosqichiga o‘tish mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling