Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat elementlari: subyekti, obyekti va mazmuni


Download 464.55 Kb.
bet36/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat elementlari:
subyekti, obyekti va mazmuni


Har qanday huquqiy munosabat kabi iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat ham quyidagi elementlardan tashkil topgan: iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatning obyekti, mazmuni va subyekti.
Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatning obyekti korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning iqtisodiyot sohasidagi buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishi hisoblanadi.
Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatning mazmunini bu munosabat ishtirokchilarining subyektiv huquq va majburiyatlari tashkil qiladi.
Iqtisodiy protsessual qonunchilik iqtisodiy sud va protsess ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni qat’iy belgilagan holda, protsessning har bir ishtirokchisini mustaqil huquq va majburiyatlar majmuasiga ega qilib qo‘ygan.
Har qanday huquqiy munosabat subyekti deganda, shu munosabatning ishtirokchilari tushuniladi.
Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatning subyektlari bo‘lib, uning ishtirokchilari hisoblanadi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatning subyektlariga iqtisodiy sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar kiradi.
Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat subyektlari to‘rtta guruhga ajratiladi:

  1. Nizolarni hal qiluvchi organ sifatida iqtisodiy protsessning asosiy subyekti bo‘lgan iqtisodiy sudlari;

  2. Iqtisodiy protsessning yakunidan huquqiy jihatdan manfaatdor bo‘lib, o‘zining yoki o‘zga shaxslarning huquqlarini yoki qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan ishda ishtirok etayotgan shaxslar (taraflar, uchinchi shaxslar, alohida toifadagi ishlar va boshqa ishlar bo‘yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar);

  3. Iqtisodiy sudda ishda ishtirok etishni ta’minlab, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etuvchi vakillar (prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar);

  4. Iqtisodiy sud faoliyatiga o‘zining zimmasiga yuklatilgan majburiyati yuzasidan yordam beruvchi, ya’ni odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar (guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon).


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling