Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish asoslari


Download 464.55 Kb.
bet215/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish asoslari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar IPKda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish, arizani qabul qilishni rad qilish yoki qaytarish
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani sudya ariza iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi iqtisodiy sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan yerdagi (yashash joyidagi) sud ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimning nusxasini o‘zining vakolatxonalari va filiallari joylashgan yerdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning o‘ziga yuklatiladi.
Agar qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizada bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, sudya uni qabul qilishni rad etadi. Biroq bu sud tomonidan arizani qabul qilishni rad etishning yagona asosi emas. Sudya IPKning 154-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq ham arizani qabul qilishni rad etadi. Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur ajrim ustidan shikoyat qilishlari mumkin.
Bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qaytarish uchun umumiy asoslar IPKning 155-moddasi bilan tartibga solinadi. Chunonchi, da’vo arizasi imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmgan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa, qaytarilishi kerak. Arizaning mazmuni va shakli qonunda nazarda tutilgan talablarga javob bermasligi ham uni qaytarishga asos bo‘ladi.
Biroq bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va arizaga qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Sudya arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Bunda arizachiga ilova qilingan hujjatlar qaytariladi. Mazkur ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin. Mazkur shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan holda ariza iqtisodiy sudga birinchi bor berilgan sanadan topshirilgan deb hisoblanadi. Arizani qabul qilishda rad etish va qaytarishning protsessual oqibatlaridagi asosiy farq shundan iboratki, arizaning qaytarilishida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin iqtisodiy sudga ariza bilan qayta murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling