Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlarni yuritish


Download 464.55 Kb.
bet223/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlarni yuritish.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish.
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo'li bilan nizolashishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarorlari yuzasidan “nizolashish” va “shikoyat qilish” institutlari orasida ma'lum bir tafovutlar mavjud bo'lganligi sababli qonun chiqaruvchi IPKda “shikoyat qilish” terminini emas, balki “nizolashish” terminini qo'llagan.
Agar iqtisodiy sud tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda ham nizo (keyinchalik hakamlik bitimi yoki sharti bekor qilinmagan yoki o'zgartirilmagan bo'lsa) qaytadan hakamlik sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
IPKning IV bo'limi “Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko'rib chiqish bo'yicha ish yuritish” deb nomlangan bo'lib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga iqtisodiy sudning birinchi instansiyasi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan yuqori instansiya sudlariga shikoyat qilish huquqi berilgan.
O‘z navbatida, mazkur shikoyatlarni ko'rib chiqayotgan yuqori instansiya sudlari sud hujjatlarini mazmunan qayta ko'rib chiqish huquqiga ega. Masalan, iqtisodiy sud ishni kassatsiya instansiyasida ko'rganida moddiy va protsessual huquq normalari birinchi instansiya sudida to'g'ri qo'llanilganligini tekshirib, birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini to'la yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga haqli.
Hakamlik muhokamasi prinsiplari va mohiyatidan kelib chiqqan holda iqtisodiy sudga hakamlik sudlari tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tarzida qayta ko'rib chiqish vakolati berilmagan.
Chunki iqtisodiy sud hakamlik sudlariga nisbatan yuqori instansiya hisoblanmaydi, ular hakamlik sudlari hal qiluv qarorlariga nisbatan nazorat vazifalarini amalga oshiradi xolos, shu bilan birga bunday vazifalarni bajarish qonun bilan cheklangan va hakamlik sudlari faoliyatining protsessual tartib-taomilini tekshirishidan chetga chiqa olmaydi.
Odatda, iqtisodiy sudlar tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorlarini qayta ko'rish bo'yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari beriladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida esa faqat hakamlik muhokamasi taraflari bo'lgan - da'vogar yoki javobgar, shuningdek huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan iqtisodiy sudga ariza beriladi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari - o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlik sudiga da'vo taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar (da'vogarlar), shuningdek o'ziga nisbatan da'vo taqdim etilgan shaxslar (javobgarlar) hisoblanadi.
Iqtisodiy sudga taalluqli nizo deganda hakamlik sudi tomonidan hal qilingan hamda iqtisodiy sud tomonidan IPKning 25- va
26-moddalariga muvofiq ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan ishlar va nizolar tushuniladi. Shu o'rinda hakamlik sudlari faqat fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarini hal etishi, ammo ular ma'muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni (xususan, bankrotlikka oid ishlarni) hal etmasligi hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik bitimi taraflari bo'lishi mumkin emasligiga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qonunning 39 - moddasiga ko'ra hal qiluv qarori qabul qilingandan so'ng o‘n kun muddat ichida hakamlik muhokamasining har bir tarafiga hal qiluv qarori topshirilishi yoki yuborilishi kerak.
Iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza uni olgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida berilishi belgilangan.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling