Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet221/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORATSAVOLLARI:

  1. Bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizaning shakli, mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlarni muhokama qiling.

  2. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qiling.

  3. Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi va uni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.

  4. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tartibini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
Olmazor tuman hokimining qarori asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK Toshkent bo‘limining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblangan “Chuqursoy” stansiyasi Ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qarori “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK raisi tomonidan 2001-yil 25- iyulda “O‘ztemiryo‘lyuktrans” unitar korxonasi tarkibiga hududiy markazlar tashkil etilib, Toshkent direksiyasi o‘zining barcha filillari, shu jumladan “Chuqursoy” stansiyasi ushbu markazlar tarkibiga kiritilgan.
Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7- noyabrdagi 378-sonli qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYKning 2002-yil 7-noyabrdagi buyrug‘i asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan “O‘ztemiryo‘lyuktrans” yuk tashish boshqarmasi hamda uning mintaqaviy markazlari, shuningdek kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalaridan berilayotgan yo‘l, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa uchastkalari, shuningdek Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qarshi funksional-foydalanish vagon depolari negizida mintaqaviy temir yo‘l uzellari tashkil etilgan.
Mirobod tuman hokimining 2002-yil 24-dekabrdagi qarori bilan Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli tashkil etilgan va uning tarkibiga “Chuqursoy” stansiyasi ham kiritilgan.
Shunga ko‘ra Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli “Chuqursoy” stansiyasi yuridik shaxs sifatida tugatilganligi va davlat reyestriga bu haqida yozuv kiritilganligi, shuningdek huquqiy vorisligini tasdiqlovchi bevosita hujjat bo‘lmaganligi sababli Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli “Chuqursoy” stansiyasining huquqiy vorisi ekanligi faktini tasdiqlashni so‘ragan.
Ushbu holatda sud tomonidan yuridik faktni tasdiqlash uchun asoslar mavjudmi?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling