Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet229/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hakamlik bitimida “shartnomani ijro etish bilan bog'liq nizolar hakamlik sudida ko'rib chiqiladi” degan qoida belgilangan bo'lsa - yu, hakamlik sudi shartnomani bekor qilish to'g'risidagi da'voni ko'rib hal qilgan bo'lsa, u holda hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan nizo bo'yicha chiqarilganligi sababli bekor qilinadi.
Iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini nafaqat to'liq, balki qisman bekor qilish vakolati ham berilgan.
Masalan, hakamlik bitimida shartnomani tuzish, o'zgartirish va bekor qilish bilan bog'liq nizolar hakamlik sudida hal qilinishi belgilanganiga qaramay, hal qiluv qarorida shartnomani bekor qilish bilan birga yetkazib berilgan mahsulot summasini ham undirish haqida xulosaga kelingan. Bunday holatda iqtisodiy sud hal qiluv qarorining yetkazib berilgan mahsulot summasini undirishga oid qismini bekor qilishi mumkin.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalarida hakamlik sudyasiga
qo'yiladigan talablar, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish, hakamlik sudyasini rad qilish, hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilashga oid normalar nazarda tutilgan.
Birinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza iqtisodiy sudlar tomonidan ko'rib chiqilayotganda qonunda hakamlik sudyasiga qo'yilgan quyidagi talablarga rioya etilishi e'tiborga olinishi kerak:

  1. hakamlik sudyasi etib faqat yigirma besh yoshdan kichik bo'lmagan, nizoning xolis hal qilinishini ta'minlashga qodir bo'lgan, nizoning pirovard natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lmagan, hakamlik bitimi taraflaridan mustaqil bo'lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga rozilik bergan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi (tayinlanishi) mumkin;

  2. nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Nizo hay'atda hal qilinayotganda hakamlik sudi tarkibining raisi oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi kerak;

  1. hakamlik sudyasining malakasiga qo'yiladigan talablar hakamlik bitimi taraflari o'rtasida bevosita kelishib olinishi yoki doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanishi mumkin;

  2. quyidagilar hakamlik sudyasi bo'lishi mumkin emas:

muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to'g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lgan shaxs;
sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun sudya, advokat, notarius, tergovchi, prokuror yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati qonunda belgilangan tartibda tugatilgan shaxs;
qonunda belgilangan mansab maqomiga muvofiq hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin bo'lmagan shaxs.
Ikkinchidan, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish hakamlik sudyalarini (hakamlik sudyasini) saylash (tayinlash) orqali amalga oshirilishi va uni tartibi qonun bilan aniq belgilanganligi nazarda tutilishi lozim. Mazkur tartibni hakamlik sudlari tomonidan buzilishi hal qiluv qarorini bekor qilishga olib keladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling