Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet226/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan: asliga to ‘g‘ri. Bosh buxgalter imzo va muhr M.
Axmedov. T. 2018 yil 18 aprel.
Notarial tartibda tasdiqlangan hakamlik bitimi nusxasini iqtisodiy sudga taqdim qilinishi ham IPKda belgilangan norma talabiga xilof hisoblanmaydi va u qabul qilinishi lozim.
Iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qiladigan taraf o‘z talabini asoslash uchun har qanday hujjatlarni (dalolatnoma, ma'lumotnoma, bayonnoma va hokazo) ilova qilishi mumkin, bunday hujjatlar doirasi IPKda cheklanmagan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga muvofiq hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to'g'risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan. Shuningdek, tumanlararo iqtisodiy sudlarda pochta xarajatlari miqdori belgilangan bo'lib, uni to'lash ham majburiy hisoblanadi. Mazkur davlat bojini va pochta xarajatlarini to'langanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida hakamlik muhokamasining tarafi iqtisodiy sudga arizaga, ilova sifatida to'lov topshiriqnomalari yoki kvitansiyalarni taqdim qilishi lozim.
Iqtisodiy sudga hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida pochta kvitansiyasi, tilxat va boshqa shu kabi hujjatlar taqdim qilinishi lozim.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
IPKda bunday normani belgilanganligi vakilning vakolatini faqat ishonchnoma bilan tasdiqlanishi shartligini anglatadi hamda ariza beruvchi hakamlik muhokamasi tarafi iqtisodiy sudga boshqa hujjatni taqdim qila olmaydi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish sudya tomonidan quyidagi hollarda rad etiladi:

  1. arizani ko'rib chiqish iqtisodiy sudga taalluqli bo'lmasa;

  2. ariza huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarori chiqarmagan uchinchi shaxslar tomonidan berilgan bo'lsa.

IPKning 152-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan iqtisodiy sudning sudyasi arizani qabul qilishni rad etish to'g'risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqarishi kerak. Arizani qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza quyidagi hollarda arizachiga qaytariladi:

  1. ariza iqtisodiy sudga hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida berilmagan bo'lsa va unda o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma bo'lmasa;

  2. ariza hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga emas, balki boshqa iqtisodiy sudga berilgan bo'lsa;

  3. ariza IPKning 224-moddasi ikkinchi qismida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo'lsa;

  4. ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa;

  5. arizani ko'rib chiqish mazkur iqtisodiy sud sudloviga tegishli bo'lmasa;

  6. arizaning va unga ilova qilingan hujjatlaming ko'chirma nusxalari hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligi to'g'risida dalillar taqdim etilmagan bo'lsa;

  7. hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi taqdim etilmagan bo'lsa;

  8. hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi taqdim etilmagan bo'lsa;

  9. belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa, davlat boji to'lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to'lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqida iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa;

  10. agar arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to'g'risida ariza tushgan bo'lsa.

Arizasining qaytarilishi yo‘l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan iqtisodiy sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling