Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet234/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hal qiluv qarori 2018-yil 15-yanvarda qabul qilingan bo'lib, hakamlik sudi uni ixtiyoriy ijro qilish uchun bir oylik muddat belgilagan bo'lsa, bu muddat 15-fevralda tugaydi, bu holda majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga 2018-yil 15-avgust kuniga qadar murojaat qilish lozim.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani qabul qilish quyidagi hollarda rad etiladi:

  1. ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo'lsa, o'sha taraf tomonidan berilmasdan boshqa taraf yoki uchinchi shaxslar tomonidan berilgan bo'lsa;

  2. ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirib berilgan va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash iqtisodiy sud tomonidan rad etilgan taqdirda.

IPKning 152-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan iqtisodiy sudning sudyasi arizani qabul qilishni rad etish to'g'risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqarishi kerak. Arizani qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza quyidagi hollarda qaytariladi:

  1. mazkur ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoki qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi yoxud agar qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joy noma'lum bo'lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga emas, balki boshqa iqtisodiy sudga berilgan bo'lsa, ya'ni arizani ko'rib chiqish mazkur iqtisodiy sud sudloviga tegishli bo'lmasa;

  2. arizaning IPK 229-moddasi ikkinchi qismida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo'lsa;

  3. ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa;

  4. hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi taqdim etilmagan bo'lsa;

  5. hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi taqdim etilmagan bo'lsa;

  6. belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji, agar arizachi uni to'lashdan ozod qilingan bo'lmasa, shuningdek davlat boji to'lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to'lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqida iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa, hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa;

  7. hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga arizaning ko'chirma nusxasi topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo'lsa;

  8. agar ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga vakilning arizani imzolashga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinmaganda taqdirda;

  9. agar arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to'g'risida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan hakamlik muhokamasi tarafidan ariza tushgan bo'lsa;

  10. ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oylik muddat o'tgach berilgan va o'tkazib

yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmagan taqdirda.
IPKning 152-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan iqtisodiy sudning sudyasi arizani qaytarish to'g'risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqarishi kerak. Arizani qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Arizachining bunday huquqi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasi to'rtinchi qismida ham belgilangan.
Ajrim bekor qilingan taqdirda ariza iqtisodiy sudga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi. Arizasining qaytarilishi yo‘l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan iqtisodiy sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling