Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet236/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinganligini isbotlash uchun arizani bergan hakamlik muhokamasi tarafi iqtisodiy sudning aynan mazkur ishga taalluqli bo'lgan ajrimini dalil sifatida taqdim qilishi lozim. Agar arizachi nizo predmeti bir xil bo'lgan, ammo boshqa hakamlik muhokamasi tarafi ishtirokida hakamlik sudida ko'rilgan ish bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi iqtisodiy sudning ajrimini taqdim etgan bo'lsa, IPKning 71-72-moddalariga muvofiq iqtisodiy sud ushbu ajrimni dalil sifatida qabul qilmaydi hamda u ijro varaqasi berishni rad qilish uchun asos bo'lmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko'rib chiqishga haqli emas.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza iqtisodiy sudning ish yurituvida bo'lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari.
Iqtisodiy sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo'lsa, o'sha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:

  1. hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra haqiqiy emasligini;

  2. hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo'yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo'yicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo'yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo'lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo'yicha xulosalar bo'lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;

  3. hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;

  5. hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo'lsa, o'sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to'g'risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;

  6. hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy bo'lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi Iqtisodiy sudi yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sud tomonidan to'xtatib turilganligini.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 49-50-moddalariga muvofiq hakamlik sudining mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi, agar hakamlik sudining hal qiluv qarori unda belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo'lsa, u majburiy ijro etilishi kerak.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling